So’nggi yangiliklar

01:24ЕЧЛ. "Қорабоғ" "Челси" билан дуранг ўйнади, "Вильярреал" "Пафос"га ютқазди  1 01:19ЕЧЛ. "Ньюкасл" – "Атлетик", "Интер" – "Қайрат" ва бошқа учрашувлар давом этмоқда (онлайн ҳисоб)  0 01:05ЕЧЛ. "Брюгге" – "Барселона". Учрашув голлар кетма-кетлиги билан бошланди (онлайн ҳисоб)  14 01:05ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Боруссия Д" (онлайн ҳисоб)  7 00:45Про лига. "Олимпик-MobiUz" ва "Локомотив" ўртасидаги учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 00:35Лионель Месси МЛС 2025 йилнинг рамзий терма жамоасига киритилди  1 00:07Ашраф Ҳакими икки ойга сафдан чиқди  2 23:47Азизбек Абдумўминов: "Насиб бўлса, кубокни Ўзбекистонга олиб келамиз"  4 23:25U-17 Жаҳон чемпионати. Парагвай – Ўзбекистон 1:2  2 23:15Флик "Барселона"дан кетишни режалаштирмаяпти. Мураббий клубда бахтли  5 22:57ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади  70 22:37Ислом Исмоилов: "Оғир учрашувда ғалаба қозондик. Ўйинни назорат қилдик"  12 22:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистоннинг гуруҳидаги иккинчи учрашувда Ирландия йирик ҳисобда ғалаба қозонди  4 21:59Фарҳод Нишонов: "Агарда улар ўз сифатларини яхшилай олишмаса, топ-футболчи бўла олишмайди"  0 21:39Мирко Йеличич "Олимпик-MobiUz"га қарши ўйиндан сўнг қисқа фикр билдирди  2

Xitoyning Messini sotib olish siri oshkor bo'ldi Yangiliklar

Xitoyning Messini sotib olish siri oshkor bo'ldi

Yozda nomi oshkor qilinmagan Xitoy klubi "Barselona" hujumchisi Lionel Messini sotib olmoqchi edi.

Argentinalik forvard Evropani tark etib, Osiyo klubi futbolchisiga aylanganida yiliga kafolatlangan 100 mln. evro olardi.

Biroq Messi taklifni rad etdi va "Barselona" bilan shartnomani 2021 yilgacha uzaytirdi. Malumotlarga ko'ra, nomi oshkor qilinmagan klub "Xebey CHayna Forchun" ekan.

Taklif rad etilganiga qaramasdan Xitoy klubi taslim bo'lmoqchi emas va ular argentinalik bilan shartnoma tuzish uchun puldan boshqa yo'llarni ham ishga solishmoqchi. Bu maqsad yo'lida "Xebey CHayna Forchun" Xaver Maskerano va Esekel Lavessilarni sotib oldi.

Bu ikki futbolchi Messining yaqin do'stlari hisoblanishadi. Xitoyliklar kelajakda Maskerano va Lavessidan "Barselona" futbolchisini jamoaga olib kelish uchun foydalanishmoqchi.

Xitoy klubidagilarning fikricha, Messini jamoaga olib kelish uchun puldan ko'proq narsa kerak va ular, forvard Xitoyda o'zini uyidek his qilishi uchun barcha ishni amalga oshirishmoqchi.

Messining yangi shartnomasidagi tovon puli 700 mln. evro, biroq xitoyliklar bundan qo'rqishmayapti. "Xebey CHayna Forchun" argentinalik bilan shartnoma imzolab, dunyo futbol xaritasiga o'z nomini yozdirib qo'ymoqchi.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика