"Real"da katta xavotir: Kurtua "Atletiko"ga qarshi superderbini o'tkazib yuboradimi?
18 mar 17:31
Yangiliklar
"Real"da katta xavotir: Kurtua "Atletiko"ga qarshi superderbini o'tkazib yuboradimi?
ECHLdagi kutilmagan jarohat:
Eslatib o'tamiz, belgiyalik posbon Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi "Manchester Siti"ga (2:1) qarshi javob o'yinining tanaffus vaqtida almashtirilgan edi. Uning o'rniga ikkinchi bo'limda maydonga Andrey Lunin tushdi. Malum bo'lishicha, Kurtua o'yinoldi chigalyozdi mashg'ulotlaridayoq sonida bezovtalik va og'riq his qilgan.
Shifokorlarning so'nggi xulosasi kutilmoqda:
"As" nashrining xabar berishicha, bugun klub rahbariyati Kurtuaga to'liq dam berishga qaror qilgan. Payshanba kuni darvozabon chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tishi rejalashtirilgan. Aynan shu tekshiruvlardan so'ng jarohatning darajasi va uning derbida o'ynash imkoniyatiga oydinlik kiritiladi.
Malumot uchun, La Liganing 29-turidan o'rin olgan "Real" va "Atletiko" o'rtasidagi markaziy superderbi yakshanba, 22 mart kuni "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar