So’nggi yangiliklar

18:28"Хоразм" – "Бунёдкор". Таркиблар билан танишинг  0 18:22"Қўқон-1912" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  0 17:54"Келиб олиб кетинглар!" Ниакате чемпионлик Марокашга олиб берилганидан даҳшатда  0 17:44Даҳшатли талаб! "Атлетико"нинг 55 минг мухлиси финалга бормоқчи, аммо чипталар етмайди  1 17:31"Реал"да катта хавотир: Куртуа "Атлетико"га қарши супердербини ўтказиб юборадими?  2 17:20Расман: Кудряшов жамоадан кетди. "Сурхон"ни вақтинча Анвар Ғофуров бошқаради   1 17:03Энрике "Челси"ни тор-мор этгач лол қолдирди: "Бизнинг иккита голимиз ўйин тақдирини ҳал қилиб бўлганди!"  1 16:55Ўзбекистон Жаҳон чемпионати арафасида Европанинг топ терма жамоасига қарши ўйнаши мумкин  11 16:46Котрина Кулбите: "Тарих яратишга бир қадам қолди"   2 16:26Дик Адвокат "Фейеноорд"да Робин ван Персига маслаҳатчи бўлади  1 16:21Гвардиола "Реал"ни "Манчестер Сити"нинг энг қийин рақиби деб ҳисобламайди  8 15:20Жалолиддин Машарипов: "Узоғи билан 1 ойда умумий гуруҳга қайтаман"  3 13:40ФИФА Эронга умид билдирмоқда  2 13:13Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади  2 12:19"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи   86

Enrike "Chelsi"ni tor-mor etgach lol qoldirdi: "Bizning ikkita golimiz o'yin taqdirini hal qilib bo'lgandi!" Yangiliklar

Enrike "Chelsi"ni tor-mor etgach lol qoldirdi: "Bizning ikkita golimiz o'yin taqdirini hal qilib bo'lgandi!"

Teglar :  PSJLuis Enrike
"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar Ligasining 1/8 finali javob o'yinida Londonning "Chelsi" klubi ustidan qozonilgan yirik g'alabadan (3:0) so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Eslatib o'tamiz, Parijda o'tgan dastlabki bahsda ham Enrike shogirdlari 5:2 hisobida zafar quchgan va ikki o'yin natijasiga ko'ra umumiy 8:2 hisobida keyingi bosqichga yo'l oldi.

"Mukammallik yo'q, ammo biz qarshi hujumlarda aniq o'ynadik"

"Futbolda mukammallik degan narsa yo'q, ammo tan olishim kerakki, birinchi o'yin juda og'ir o'tgandi, ayniqsa dastlabki 80 daqiqa. O'sha natijadan so'ng kechagi uchrashuv davomida ham o'yin darajamizni saqlab qola oldik. Javob o'yini boshqacha scenariyda kechdi, chunki biz qarshi hujumlarda juda aniq harakat qildik va o'yin taqdirini amalda hal qilib qo'ygan ikkita golni urdik".

To'pni nazorat qilish orqali himoyalanish — asosiy qurol

Ispaniyalik mutaxassis jamoasining taktik ustunligi va raqiblarning hurmati haqida to'xtalib o'tdi:

"Bunday o'yinni nazorat qilish doim qiyin, chunki "Chelsi" — tezroq gol urishga intiladigan ajoyib jamoa. To'pni ushlab turish oson emas, biroq qarshi hujumlar va to'p nazorati o'rtasidagi muvozanat hal qiluvchi omil bo'ldi. To'pga egalik qilgan holda himoyalanish — bizning asosiy vazifalarimizdan biridir. Biz ajoyib o'yin ko'rsatdik va g'alabaga mutlaqo haqli edik.

Hamma — ayniqsa Chempionlar Ligasida o'ynaydiganlar — bizni hurmat qilishadi, chunki futbolni qanday o'ynashga harakat qilayotganimizni yaxshi bilishadi. Boshqa jamoalardan oladigan va his qiladigan bu hurmatimiz biz uchun juda muhim. Bunday jamoaning bir qismi bo'lish yoqimli va biz keyingi bosqich o'yinlarini intiqlik bilan kutyapmiz", — dedi Enrike.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
18 mar 17:25:25
TOSHQONDIY
YASHANG TESHAVOYAKA ,BIZ SIZLAR BILAN BIRGAMIZ ...
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика