Dahshatli talab! "Atletiko"ning 55 ming muxlisi finalga bormoqchi, ammo chiptalar etmaydi
18 mar 17:44
Yangiliklar
Dahshatli talab! "Atletiko"ning 55 ming muxlisi finalga bormoqchi, ammo chiptalar etmaydi
13 yildan so'ng yana finalda:
18 aprel kuni Sevilyada bo'lib o'tadigan hal qiluvchi final bahsida Madridning "Atletiko" klubi "Real Sosedad"ga qarshi maydonga tushadi. Eslatib o'tamiz, madridliklar 2013 yildan beri ilk bor Ispaniya Kubogi finaliga yo'llanma olishdi.
Joylar qanday taqsimlanadi?
Klub matbuot xizmatining malum qilishicha, final uchun naq 54 385 nafar sosos chipta so'rab murojaat qilgan. Biroq madridliklar uchun stadiondan jami 25 680 ta joy ajratilgan bo'lib, uning 85 foizigina klub azolari uchun kafolatlangan.
Shunday qilib, "Atletiko" azolariga "Sosedad"ga qarshi o'yin uchun bor-yo'g'i 21 828 ta chipta tegadi. Yana 1050 ta chipta rasmiy fan-klublar o'rtasida taqsimlansa, 160 tasi imkoniyati cheklangan muxlislarga beriladi. Chiptalar savdosiga 23 mart kuni start berilishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar