"Kelib olib ketinglar!" Niakate chempionlik Marokashga olib berilganidan dahshatda
18 mar 17:54
Yangiliklar
"Kelib olib ketinglar!" Niakate chempionlik Marokashga olib berilganidan dahshatda
Franciyaning "Lion" klubi va Senegal terma jamoasi himoyachisi Mussa Niakate Afrika Millatlari Kubogi-2026 finalidagi mojaroli qarorga keskin munosabat bildirdi.
Afrika Futbol Konfederaciyasi (CAF) final bahsi vaqtida Senegal futbolchilari maydonni tark etgani sababli ularga 0:3 hisobida texnik mag'lubiyat yozdi va chempionlikni Marokash terma jamoasiga topshirishga qaror qildi.
Bunga javoban Niakate o'zining Instagram sahifasidagi storisida medal va kubok bilan tushgan suratini joyladi va shunday izoh qoldirdi:
"Kelib, bularni olib ketinglar. Ular aqldan ozibdi!"
(Malumot uchun, bu Sparta shohi Leonidning jang oldidan qurol topshirishni so'ragan forslarga qarata aytgan mashhur gapiga ishora bo'lishi mumkin).
Shuningdek, himoyachi taqdirlash marosimidan olingan yana bir suratni joylab, unga: "Bu suniy intellekt emas, bu haqiqat", deya qo'shimcha qilgan.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar