So’nggi yangiliklar

08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  0 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  0 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  2 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  1 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  1 02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  31 00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  11 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  3 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  4 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  2 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0 23:35Виктор Карпенко: "Руҳан тикланиб олсак, юқорига кўтариламиз"  5 23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  23 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  16 22:38Артём Петросян: "Олимпик"да салоҳият юқори. Ўйинлар қанча кўп бўлса, шунча яхши"  1

Xitoylik jurnalist: "Menimcha, o'yin durang bo'ladi" Yangiliklar

Xitoylik jurnalist: "Menimcha, o'yin durang bo'ladi"

Ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogining 2-turini o'tkazadi.
Vakillarimizning bu galgi raqibi Xitoy terma jamoasi bo'ladi. Bilasiz, har ikkala jamoa ham dastlabki turda bir xil 1:0 hisobidagi g'alabani nishonladi. Endi esa jamoalar o'zaro uchrashuvda o'z kuchlarini sinab ko'rishadi.

Kecha milliy terma jamoamiz "Brisben Straykers" havaskorlar jamoasi uy uchrashuvlarini o'tkazadigan stadionda mashg'ulot o'tkazdi. Mashg'ulotni kuzatish uchun uch nafar xitoylik jurnalist kelgani haqida yozib o'tgandik. Ulardan biri Pey Li "sohu.com" degan saytda ishlar ekan. Mashg'ulot paytida biroz suhbatlashdik va fursatdan foydalanib ertangi bahs haqida uning fikrlari bilan qiziqdim.

"Birinchi o'yinda jamoamiz Saudiya Arabistonidan kuchli o'ynagani yo'q, shunchaki omad biz tomonda bo'ldi. Darvozabon bitta penaltini qaytardi, keyin o'yin oxirlarida gol urib uch ochkoni qo'lga kiritdik. O'zbekiston terma jamoasi birinchi o'yinini boshqa shaharda o'tkazgani uchun ko'ra olmadim. SHu bois nima deyishga ham hayronman. Futbolchilardan faqat Anzur Ismoilovni ko'proq eshitganman, xolos. CHunki u bizning chempionatda o'ynaydi".

"O'zbekiston bilan o'yinga xitoylik jurnalist va muxlislar ko'p keladimi?" - deya so'radim hamkasbdan.

"Menimcha, bizlar son jihatdan ko'pchilik bo'lamiz. Avstraliyada juda ko'p xitoyliklar yashaydi. Saudiya Arabistoni bilan kechgan bahsda besh ming atrofida xitoylik muxlis kirdi. Qolaversa, bizdan 150 nafarga yaqin OAV xodimlari bu erga kelishgan. SHunday ekan, odam ko'p bo'lishiga shubha qilmayman", - deydi Pey Li.

Xayrulla Xoliqov
Brisben
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика