"Xetafe" "Barselona" futbolchisini xarid qildi
16 mar 2020 11:14
Yangiliklar
"Xetafe" "Barselona" futbolchisini xarid qildi
"Xetafe" "Barselona" himoyachisi Mark Kukurelyani xarid qildi.
Kukurelya "Xetafe"da ijara asosida o'ynayotgan edi. Klub ijara shartnomasidagi futbolchini 6 million evroga sotib olish huquqidan foydalandi.
Bitimda keltirilishicha, "Barsa" Kukurelyaning keyingi sotuvidan 40%ini o'ziniki qiladi.
Kukurelya joriy mavsum "Xetafe" libosida La Ligada 26ta o'yinda maydonga tushib, 5ta assist qayd etdi.
22 yoshli futbolchi "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, ammo asosiy jamoada umuman maydonga tushmagan.
Eslatib o'tamiz, Markga "Tottenxem", "Arsenal" va "Bayer" klublari ham qiziqish bildirayotgan edi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar