Xenderson Messidan futbolka so'ramaganining sababini izohladi
29 apr 2020 19:20
Yangiliklar
Xenderson Messidan futbolka so'ramaganining sababini izohladi
“Liverpul” sardori Jordan Xenderson o'zining sobiq ustozi Roy Kinning tavsiyasiga quloq solgan.
“Kamp Nou”da ilk bor Messiga qarshi bahs olib bordim. Uning o'yini esa televizordagidan ko'ra mutlaqo farq qiladi. Leo – juda tezkor, o'sha jarima zarbasini golga aylantirganiga hali ham ishonolmayman. Uning futbolkasini so'rashni o'ylaganmanmi? Yo'q, hech qachon bunday qilmaganman.
Kunlarning birida Roy Kin menga birovdan futbolka so'rash zaiflikning belgisi ekanini aytgandi. Ushbu so'zlarni esladim. O'shanda “Liverpul”dagi Luis Suaresning formasini olib, uyga qaytgan edim”, deydi Xenderson.
Eslatib o'tamiz, Kin va Xenderson 2008 yil “Sanderlend”da birga faoliyat ko'rsatishgan.
Angliya futboli muxlislari uchun maxsus! Instagramdagi @angliyafutboli sahifasiga obuna bo'ling.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar