Xavi: “Superkubokdagi g'alaba “Real”dan ko'ra, “Barsa”ga ko'proq kerak edi”
16 jan 2023 08:30
Yangiliklar
Xavi: “Superkubokdagi g'alaba “Real”dan ko'ra, “Barsa”ga ko'proq kerak edi”
“Bizga g'oliblik “Real”dan ko'ra ko'proq kerak edi, ularda titullar soni biznikidan ko'p.
Bunga loyiq bo'lgan futbolchilarimdan juda mamnunman. Ular ko'p mehnat qilishdi, bizda kiyinish xonasida ajoyib muhit hukmron. “Real”ga qarshi o'ynaganda, ularni nazorat qilib, to'p yo'qotishlarni minimallashtirish lozim.
Uchrashuv biz uchun juda yaxshi o'tdi, buni futbolchilar his qilishdi. Gavi, Pedri, Frenki de Yong… Bahsda ustunlikka harakat qildik. Dembele qanotda yaxshi ochildi. Ronald Arauxoni ham etirof etgan bo'lardim. Ularning barchasi uchun xursandmiz.
Agar finalda “Real”ga qarshi shunday o'ynagan bo'lsak, u holda “Seuta” (kubok) va “Xetafe”ga (chempionat) qarshi o'yinlarda ham bu futbolni takrorlashimiz kerak. Bo'shashish kerak emas. Mening ishim shunda ko'rinadi”, deydi Xavi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar