Xavi Anchelottining statistikasi haqida: "Barcha statistikalar bir kun kelib o'zgaradi"
15 jan 2023 12:55
Yangiliklar
Xavi Anchelottining statistikasi haqida: "Barcha statistikalar bir kun kelib o'zgaradi"
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ispaniya Superkubogi doirasida "Real"ga qarshi o'yin oldidan Karlo Anchelottining statistikasi haqida gapirdi.
Qayd etish kerak, Karlo Anchelotti jamoalari 2010 yildan buyon finallarda mag'lub bo'lmayapti. SHu davr mobaynida Anchelotti 10ta finalda g'alabaga erishdi.
"Barcha statistikalar bir kun kelib o'zgaradi. Hozir menda ishtiyoq katta, finalga chiqqanimizdan xursandman. Qanday davrlarni boshdan kechirib bu erga kelganimizni inobatga olish kerak.
"Real"ga qarshi o'ynaymiz, bu ham qo'shimcha motivaciya bo'lishi kerak. Anchelottining 2010 yildan buyon finallarda mag'lub bo'lmayotgani esa menga qo'shimcha ishtiyoq bag'ishlamoqda", - dedi Xavi.
Ispaniya Superkubogi finali bahsi bugun tunda soat 00:00da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar