So’nggi yangiliklar

15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  0 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  2 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  66 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  5 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  3 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  11 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2

Vladimir Bubanya: "Andijon" muxlislari Osiyoda eng zo'rlari. Muxlislar oldida qarzdormiz" Yangiliklar

Vladimir Bubanya: "Andijon" muxlislari Osiyoda eng zo'rlari. Muxlislar oldida qarzdormiz"

"Andijon" - "Metallurg" uchrashuvidan so'ng "burgutlar" sardori Vladimir Bubanya o'yin haqida fikrlari bilan bo'lishdi

- Vladimir bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz? Bugun jamoa g'alaba qozonishiga nima etishmadi?

- "Metallurg" munosib raqib ekanligini bilar edik. Bekobodliklar joriy mavsumda g'alaba qozonmaganligiga qaramay, ular yaxshi shakillangan jamoa deb o'ylayman. Bugun bizga qarshi harakat qilishdi. O'tkazib yuborgan golimizda xato qildik deya olmayman. Raqibning omadi keldi va gol urdi. O'yinga qayta oldik va hisobni tenglashtirdik. Durang bugungi uchrashuvning adolatli yakuni bo'ldi. Bugun bir ochkoni qo'lga kiritdik va bu yomon natija deb o'ylamayman. Keyingi uchrashuvlarda g'alaba qozonishimiz kerak.

- "Andijon" mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazmoqda. Lekin so'ngi uch bahsda "Andijon" ko'p ochko yo'qotdi. "So'g'diyona"dan kutilmaganda mag'lubiyat, "Neftchi" bilan esa g'alaba qo'ldan chiqarildi va bugungi to'qnashuvda "Andijon" ko'proq narsaga qodir edi. Jamoaning so'ngi uchrashuvlaridagi natijasiga izoh berib o'tsangiz?

- Ha, so'ngi uchrashuvlarda omadimiz kelmayapti. Biroq bunga bir nechta sabablar bor. "Neftchi"ga qarshi kechgan uchrashuvda g'alabani qo'ldan chiqardik va bunga o'zimiz aybdormiz. O'yin so'ngi himoyaga yotib oldik va raqib bizni jazoladi. Hujum qilishda davom etishimiz kerak edi. Ko'proq mehnat qilishda davom etamiz. Ayni damda musobaqa jadvalida egallab turgan o'rnimiz ham yomon emas, ammo biz yaxshiroq natija qayd etishimiz kerak.

- "Andijon" muxlislari jamoani qanday tarzda qo'llab quvvatlashayotganini butun O'zbekiston ko'rib turibdi. Siz jamoa sardori sifatida muxlislarga nima deya olasiz? Balki muxlislarga aytmoqchi bo'lgan gaplaringiz bordir?

- Barchaga muxlislarga katta rahmat. Bizning muxlislar butun Osiyo mintaqasidagi eng zo'rlaridan biri deya bemalol ayta olaman. Muxlislar oldida qarzdormiz. Biz ko'proq g'alaba qozonishimiz va shu tarzda qarzimizni uzishimiz kerak.


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi



Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика