So’nggi yangiliklar

19:35"Сурхон" - "Насаф" 0:0 (Матнли трансляция)  16 19:32"Ал Аҳли" — Саудия Арабистони Суперкубоги соҳиби. Роналду ва "Ал Насср" яна соврин ютолмади  21 19:30Суперлига. ОКМК - "Хоразм" (матнли трансляция)  2 19:10БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" ўз уйида "Ал Айн"ни қабул қилмоқда, Абдуллаев илк дақиқалардан майдонда (онлайн ҳисоб)  0 18:56А Серия. Бугун "Наполи", "Милан" ва "Рома" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтади  0 18:38АПЛ. "Ман Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га мағлуб бўлди, Ҳусанов захирада қолдирилди  35 18:20Бундеслига. Бугун "Байер" "Хоффенхайм"ни қабул қилади, "Боруссия Дортмунд" эса "Санкт-Паули" меҳмони бўлади  0 18:00Про лига. "Локомотив" ва "Жайхун" ўзаро куч синашмоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:06Испания футболи тарихида илк маротаба эркак ўйинчи туғруқ таътили олиши мумкин  1 16:38Эзе "Арсенал" билан шартнома имзолади  0 15:32Суперлига. "Андижон" тарихда илк бор ўз майдонида 6 та гол ўтказди, рекорд эса МҲСКга тегишли  6 15:17Ўзбекистон кубоги. "Динамо" — "Шўртан" ўйини 27 август куни ўтказилади  0 14:50Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши қандай ўйнашни билмайди. Бугун "Ман Сити" "Тоттенхэм"ни меҳмон қилади   2 14:23Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум  28 14:10Тожикистон "CAFA Nations Cup 2025" учун қайдномасини эълон қилди, унда Суперлигада ўйнайдиган футболчилар ҳам бор  2

Vitaliy Levchenko: "Neftchi"da qolamanmi? Yashasak ko'ramiz" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Neftchi"da qolamanmi? Yashasak ko'ramiz"

Superliganing 26-turi doirasida "Lokomotiv" maydonidagi g'alabadan keyin "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida qatnashdi.

- Bu o'yin bizdan ko'ra "Lokomotiv"ga muhimroq ahamiyat kasb etardi. Jamoa ligada jon saqlab qolish uchun kurashayotganini bilardik va shunga yarasha o'yinga tayyorlandik. Ko'rinib turibdiki, jamoa murabbiylar shtabi, futbolchilari yuqori kayfiyatda bo'lishgandi. Yigitlarimga xarakter ko'rsatgani uchun rahmat aytaman, 0:2 hisobidagi mag'lubiyatni g'alabaga aylantirishdi. Oddiy o'yinda ham futbolchilarim xarakter ko'rsata olishdi, oxirigacha o'ynashdi va natija bilan muxlislarni xursand qilishdi.

- Ilk navbatda g'alaba bilan tabriklayman. Mavsum Siz uchun qanday o'tdi? Jamoangizga qanday baho bera olasiz?

- Mavsumni Amerikancha atrakcionga qiyoslasa bo'ladi. Bir mag'lub bo'lgan jamoa pastga sho'ng'iydi, g'alaba qozongani esa anchagina tepaga chiqadi. SHu sababli jamoamga 5 baho qo'ygan bo'lardim. Jamoaning shart-sharoitlarini inobatga olsak, bu o'ringa mosmiz.

- Jamoa so'nggi 5 o'yinning 4tasida g'alaba qozondi. Ushbu mavsum chempionlikka nima etishmadi?

- Ilk navbatda moliyaviy barqarorlik. Ikkinchidan tashkilotchilik. Klubdagi barcha-barcha o'z ishlarini yaxshi bilishlari kerak. Uchinchidan, omadning ko'p-ko'p biz tomonga kulib turishi. Agarda turnir jadvaliga qaraydigan bo'lsak, 3-4-5-o'rinni egallagan jamoalar bir xil ochkolarni jamg'arib turibdi. Agarda omad kaliti bizda bo'lsa, barchasi boshqacha bo'lardi. Ha, bazi o'yinlarda omadimiz kelib qolib, natijalarni qo'lga kiritdik. Agarda ayrim o'yinlarda o'sha omad biz tomonda bo'lganida biz yanada teparoqda bo'lardik.

- Ikkinchi bo'lim boshidagi 3 o'zgarish taktikaga bog'liqmidi?

- Yo'q, o'yinning borishiga qarab o'zgarishlar qildim. Agarda o'yin ritmidan chiqib qolsangiz, o'rindan turib, davom etish kerak. Mavsum yakuni, ayrim futbolchilar charchagan, bazilari ketish kayfiyatida. Ikkinchi bo'lim boshida tushgan futbolchilar o'yinni kuchaytirishdi va g'alabaga munosib hissa qo'shishdi.

- "Neftchi" mavsum boshida qo'yilgan vazifalarni bajardimi?

- Bunga qisqa javob berib bo'lmaydi. Yigitlardan mamnunman, bu jamoada xarakter bor. Qachonki futbolchilarda xarakter bo'lsa, muammolar tezda yopiladi. Holatni tushunib turmaydiganlar esa so'nggi o'rinlarda bo'lishadi va jon saqlash uchun kurashadi. Bugun futbolchilarim taslim bo'lishmadi va mavsumni yuqori notada tugatishga harakat qilishdi.

- Yakunlangan mavsumni "Neftchi" uchun 3 so'z bilan tariflasa bo'ladi?

- Aytganimdek, bu mavsum Amerikancha atrakcion kabi qiyin o'tdi. SHunday davrlar bo'ldi-ki, barchasi og'ir kechdi. Mag'lubiyatlardan hulosalar chiqardik. Oxirigacha kurashdik va taslim bo'lmadik. "Neftchi" muxlislari jamoasidan uyalmasligi kerak.

- Kelasi mavsumda "Neftchi"da qolasizmi?

- Yashasak ko'ramiz. Hozir Farg'onaga qaytishimiz kerak. Keyin rahbariyat bilan gaplashamiz va qaror chiqariladi.

- Demak, Sizda klubda qolish niyatingiz bor.

- Niyat boshqa, qaror boshqa. Hozir ayrim narsalarni gaplashib olishning ayni fursati.



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика