So’nggi yangiliklar

08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  0 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  6 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  2 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  6 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  167 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  5 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  6 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  15 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3

Vinisius: "Vaziyat o'zgarmasa, JCH-2030ni Ispaniyadan olib qo'yish kerak" Yangiliklar

Vinisius: "Vaziyat o'zgarmasa, JCH-2030ni Ispaniyadan olib qo'yish kerak"

"Real" klubi vingeri Vinisius Junior agar irqchilikka qarshi kurashilmasa Ispaniyadan JCH-2030 mezbonligini olib qo'yishni taklif qildi.

"2030 yilgacha bizda vaziyatni o'zgartirish uchun juda ko'p vaqt bor. Umid qilamanki, Ispaniya rivojlana oladi va insonni terisining rangiga qarab haqorat qilish qanchalik jiddiy masala ekanligini tushunib etadi. O'ylashimcha, agar vaziyat 2030 yilgacha o'zgarmasa Jahon chempionatini o'tkazish joyini o'zgartirish kerak. O'yinchilar irqchilikdan aziyat chekishi mumkin bo'lgan mamlakatda o'zlarini qulay va xavfsiz his qilmaydilar.

Vaziyatni o'zgartirish uchun qo'limdan kelganicha harakat qilmoqchiman, chunki Ispaniyada ko'pchilik irqchi emas. Oxir-oqibatda yashash juda yoqimli bo'lgan mamlakat imidjiga tasir ko'rsatadigan kichik guruh mavjud.

Men "Real"da o'ynashni yaxshi ko'raman. Men Ispaniyani yaxshi ko'raman, bu erda men va oilam uchun eng yaxshi sharoitlar bor. Umid qilamizki, vaziyat yaxshilanishi mumkin - u allaqachon yaxshilangan, ammo yanada yaxshilanishi mumkin va 2030 yilga kelib irqchilik holatlari kamayadi", - dedi Braziliya terma jamoasi azosi Vinisius.


Eslatib o'tamiz, JCH-2030 Ispaniya, Portugaliya va Marokashda o'tkaziladi. SHuningdek, Urugvay, Argentina hamda Paragvayda ham bittadan o'yin o'tkaziladi.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика