Vinisius: "Umidni oqlamaganimni bilaman"
11 sen 2024 17:40
Yangiliklar
Vinisius: "Umidni oqlamaganimni bilaman"
Bugun tongda JCH-2026 saralashi Janubiy Amerika mintaqasi doirasida Braziliya terma jamoasi Paragvay mehmoni bo'ldi.
Uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchrashuvdan keyin terma jamoa vingeri Vinisius Junior fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz murakkab vaziyatdamiz, undan imkon qadar tezroq chiqishga harakat qilamiz. Bunday darajada o'ynab bo'lmaydi. Umidni oqlamaganimni bilaman, lekin har doim ham gol urish nasib qilavermaydi. Boz ustiga, Evropada tezlik yuqori va maydon yaxshiroq", - dedi Vinisius.
Eslatib o'tamiz, Braziliya ayni paytga kelib saralashda 8 o'yindan to'rttasida yutqazdi va bor yo'g'i 10 ochko bilan jadvalda 5-o'rinda ketmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar