Vidal paragvaylik muxlislarga Chilida 2ta Kopa Amerika sovrini borligi haqida ishora qildi, ammo...
22 mar 2025 13:41
Yangiliklar
Vidal paragvaylik muxlislarga Chilida 2ta Kopa Amerika sovrini borligi haqida ishora qildi, ammo...
Chili hamda Paragvay o'rtasidagi JCH-2026 saralash bahsida Arturo Vidalga muxlislarning xushtakbozligi yoqmadi.
Paragvay hisobda oldinga chiqib olganidan so'ng 71-daqiqada Vidal almashtirildi. Paragvaylik muxlislar Arturoni xushtakbozlik bilan kuzatib qo'yishdi.
37 yoshli xavbek bunga javob tariqasida futbolkasidagi gerbga teginb, Chili yutgan ikkita Kopa Amerikaga (2015 va 2016) ishora qilib muxlislarga ikkita barmog'ini ko'rsatdi. Biroq Paragvay ham ushbu turnirda ikki marta chempion bo'lgan (1953, 1979).
Uchrashuv Paragvayning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topdi. Chili saralashning 13 o'yinida 9 ochko to'plab, jadvalda oxirgi o'rinni egallab turibdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar