"Yuventus" yarim himoyachisi bilan xayrlashishga tayyor
10 sen 2024 20:05
Yangiliklar
"Yuventus" yarim himoyachisi bilan xayrlashishga tayyor
Italiyaning "Yuventus" klubi braziliyalik yarim himoyachi Artur Meloni sotishga shay ahvolda.
Klub ushbu mavsumda futbolchiga ishonch bildirmaydi.
Taniqli insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, turinliklar futbolchi uchun transfer taklifini kutishmoqda. Agar boshqa jamoalardan qiziqish bo'lmasa, yarim himoyachi "Yuventus" tarkibida qoladi – futbolchi "zebralar"dagi o'rni uchun kurashmoqchi.
Futbolchi o'tgan mavsumni "Fiorentina"da ijarada o'tkazdi. Yil davomida yarim himoyachi 48 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Artur 2020 yilda "Yuventus" futbolchisiga aylangan. O'z faoliyati davomida "Liverpul", "Barselona" va "Gremio" jamoalarida to'p tepgan.
Melo A Seriyaning dastlabki uchrashuvlarida ko'rinish bermadi. "Yuventus" usiz 2 ta g'alaba va 1 ta durang qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar