Vidal: "Ketma-ket 9 marta chempion bo'lishni orzu qilaman"
31 may 2020 15:15
Yangiliklar
Vidal: "Ketma-ket 9 marta chempion bo'lishni orzu qilaman"
"Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidal mavsumning qolgan qismi haqida gapirdi.
CHililik futbolchi o'tgan 8 mavsum davomida o'zi o'ynagan jamoalar bilan chempionlikni nishonlab kelmoqda. U "Yuventus" (4 marta), "Bavariya" (3 marta) hamda "Barselona" (1 marta) kabi jamoalarda o'ynadi.
"Oldindagi 11 o'yin - 11 finalga teng. Bahslar qiyin o'tishini yaxshi bilamiz. Ammo o'zimizga ishonib, eng yaxshi jihatlarimizni ko'rsatib, g'alabalarga erishishimiz mumkin.
Ketma-ket 9 marta chempion bo'lishni istayman, chunki buni har doim ham uddalab olmaydi. O'zimni yaxshi his qilyapman va kelajakda ham sovrinlar uchun kurashmoqchiman. Umid qilamanki, "Barselona bilan maqsadimga etishaman", - dedi Vidal.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar