Vidal borgan tungi klubda mushtlashuv yuz berdi
27 okt 2017 12:38
Yangiliklar
Vidal borgan tungi klubda mushtlashuv yuz berdi
"Bavariya" yarim himoyachisi Arturo Vidal yana bir bor noqulay vaziyatga tushib qoldi.
CHililik futbolchi o'zining jangchi feli va qiziqqonligi bilan mashhur. Vidal 17 sentyabr kuni Myunxendagi Crown's Club tungi klubida ukasi Sandrino va do'stlari bilan dam olayotgan edi. U erda tunggi soat uchda mushtlashuv boshlangan, keyinroq esa jabrlanuvchi policiyaga murojaat qilgan. Myunxen policiyasi voqeani o'rganib chiqmoqda. Janjal paytida mushtlashayotgan yigitlardan birining boshiga ichimlik idishi bilan zarba berishdi. Tungi klub xo'jayinining so'zlariga ko'ra, bu zarba Vidal tomonidan berilmagan.
"Zarba Vidal bilan kelganlar orasidan berilmadi. Unda hech narsa yo'q edi, Arturo shunchaki himoyalandi" - deydi Rayf.
"Bavariya" bu malumotga izoh bermadi.
Fikrlar