So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  18 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

"Chelsi" - jahon chempioni! Yangiliklar

"Chelsi" - jahon chempioni!

Klublar o'rtasidagi JCH finali doirasidagi "Chelsi" - PSJ o'yini yakunlandi.

"Chelsi" - PSJ 3:0

Gollar: Palmer (22. 30), Pedro (43).

"Chelsi": Sanches, Gyusto, Chaloba, Koluill, Kukurelya, Jeyms (Dyusberi-Xoll, 77), Kaysedo, Fernandes (Andrey Santos, 61), Palmer, Joao Pedro (Delap, 68), Pedro Neto (Nkunku, 77).

PSJ: Donnarumma, Xakimi (Zair-Emeri, 73), Markinos, Beraldo, Mendesh, Nevesh, Vitinya, Ruis (Mayulu, 73), Dembele, Due (Ramush, 73), Kvaracxeliya (Barkolya, 58).

Ogohlantirish: Neto (35), Kaysedo (36), Gyusto (40), Koluill (82), Mendesh (90+5).

Chetlatish: Nevesh (86).

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! PSJni, to'xtatib bo'lmas PSJni "Chelsi" osonlik bilan to'xtatdi. Konferenciyalar ligasi g'olibi uchun ECHL g'olibi raqiblik qila olmadi. "Chelsi" bugun shunchaki PSJdan kuchli edi. APL jamoasi ligasi va o'z darajasini ko'rsatdi. Shu bilan yangicha formatdagi jahon chempionati yakuniga etdi. 4 yildan keyin ko'rishguncha!

90+5. Nkunkuni "chopgani" uchun Mendesh ogohlantirildi.

90+3. UXXXX!! Sanches xato qilishiga sal qoldi. Yaxshi-ki himoyachisi unga yaqinroq ekan. To'pni nazoratiga oldi.

90+2. PSJ hujumga o'tganida ofsayd qayd etildi.

O'yinga 5 daqiqa qo'shildi.

89. NIMAAAAA!! Qanotdan uzatilgan to'pni Ramush darvoza tomon kirita olmadi. Bo'm-bo'sh darvoza edi.

88. ZARBAAAAA desa bo'ladigan zarba bo'lmadi. Mendeshning zarbasi raqibiga tegib, maydonni tark etdi.

86. QIZIL! Nevesh qizil oldi. Tu-ga-di.

85. Nihoyat, PSJ hisobini ochdi, faqat sariq kartochkada. Nevesh Kukurelyani sochidan tortib, sariq oldi) Bu aslida qizil bo'lishi kerak.

82. Raqib hujumini  to'xtatgani uchun Koluill ogohlantirildi. PSJ tezda o'yinni boshlab ketdi va Mayuluning zarbasini darvozabon ushlab oldi.

81. UXXXXX!! Delapning zarbasini Jiji qaytardi. Burchak zarbasi. Hisob 4:0 bo'lishi hech gap emasdi.

77. Mareska poziciya bo'yicha o'zgarishlar qildi va kuchlarni yangilab oldi.

75. XAVFLI VAZIYATLAR!!!! PSJ juda zo'r hujum uyushtirdi. Biroq buni zarba bilan yakunlashda futbolchilarning o'zlari no'noqlik qilishdi. 

73. Luis Enrike bir yo'la uch futbolchini: Ruis, Hakimi va Dueni o'yindan oldi. Ko'ramiz, bu o'yin taqdiriga qanchalik o'zgartirish kirita olarkin.

Bosh hakam futbolchilarning suv ichib olishlari uchun 1 daqiqa vaqt berdi.

69. Burchakdan uzatmadan keyin Palmerning zarbasi noaniq ketdi.

68. DELAAPPP!! DONNARUMMAAAA!!!! Jijidan o'yindagi ilk seyv! Hozirgina maydonga tushgan Delap chiroyli zarbasidan keyin gol urib, barchasiga uzil-kesil nuqta qo'yishi mumkin edi.

66. PSJ unchalik xavfli bo'lmagan nuqtadan jarima zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pni Sanches ushlab oldi.

65. Malo Gyusto zarba yo'lladi. Uning zarbasidan keyin himoyachiligini bilib oldik.

63. Palmer jamoadoshi uchun chiroyli pas bergandi, to'p raqibining oyoqlari orasidan o'tib ketdi. Ruis bunga chiday olmadi va kichik munozara bo'ldi.

60. UXXXXXXXX!!! Pedro jamoasini goldan saqlab qoldi! Qanotdan uzatmani Joao maydondan tashqariga chiqarib yubordi. U to'pga tegmaganida Due darvozani ishg'ol qilardi.

59. ZARBAAAAA!! Vitinyaning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasini Sanches qaytardi.

58. O'yindagi ilk o'zgarish: Xvicha o'rniga Barkolya.

57. Barkolya maydonga tushishga tayyorlanmoqda. U kimni zaxiraga olarkin?

55. UXXXXXX!! Pedro raqib jarima maydonchasida yiqildi. Fag'oni tezda reakciya ko'rsatib, penalti yo'q dedi.

55. Duening kuchli zarbasi darvoza yonidan o'tib ketdi.

54. PSJ uzoq davom etgan hujumini burchak zarbasi bilan yakunladi. Mendeshning jarima maydonchasi tomon uzatmasini himoyachi qaytardi.

52. SANCHEEEESSSSSSS!! Dembelening yaqin masofadan yo'llagan zarbasidan keyin "Chelsi" muxlislari uchun hayot to'xtab qolgandek bo'ldi-yov. Sanchesdan reakciya va juda chiroyli seyv!

50. Palmer hujumdagi sherigi tomon to'pni uzatdi. Uzatma kuchlilik qildi va to'p maydonni tark etdi.

48. ZARBAAAAA!! Xvichaning ayyorona zarbasini Sanches qiyinchilik bilan qaytardi, himoyachi esa to'pni oldinga tepib yubordi.

47. PSJ hujumga o'tdi. Mendeshning uzatmasini darvozabon ushlab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

45+6. al-Helayfining kayfiyati juda yomon. Ha, hamma narsani ham pul hal qilavermasligini u ham biladi.

45+4. Xvicha ham maydonda bor ekan. U o'z qanotida o'z uslubida raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi, biroq uni Palmer to'xtatdi.

45+2. PSJ maydonda borligini ko'rsatdi. Neveshning boshi bilan yo'llagan zarbasini Sanches qiyinchilik bilan ushlab oldi.

Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shildi.

45. PSJ hujumga o'tayotgandi. Markazdan uzatilgan to'pni Chaloba qaytarib yubordi va to'p Sanchesga borib tushdi.

43. GOOOOOOOOLLLL!!! 3:0! UCH NOL! Pedro-Pedro-Pedro-Pe! "Chelsi" bugun PSJni ko'rmayapti!

42. Desire Due burchak zarbasi ishlagandi. Nominal mehmonlar bundan samara chiqara olmadi. Bugun PSJni biz tanimayapmiz.

40. Qandaydir 5 daqiqada "Chelsi"ning bir yo'la 3 futbolchisi sariq kartochka ishlab oldi.

37. PSJ markazdan hujumdagi Ruiz tomon to'pni uzatdi. Sanches to'pni tepib yubordi.

36. Kaysedo ham sariq kartochka oldi.

34. Pedro ogohlantirildi. Ko'p gapirmaslik kerak edi.

33. "Chelsi" xavfli hujum uyushtirishi mumkin edi. Pedro Netoning pasi "neto" ketdi va hujum to'xtadi.

30. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!!! PAL-MEEEERRRRR!!! Sovuqqina suv quyib yubordi parijliklarga! O'sha uslub, o'sha gol, faqat bu ikkinchisi!

25. O'yin sokinlashgan payt Fag'oni ham sokinlashib, suv ichib olishga vaqt berdi.

22. GOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!!! "Chelsi" hisobni ochdi! Palmer sovuqqina gol urdi!

18. ZARBAAAAAAA!! Due bu safar zarba yo'lladi. Yaqin burchakka. Chiroyli seyv.

16. UXXXXXXXX!!! PSJ yaqqol golli vaziyatni ko'kka sovurdi. Qanotdan uzatilgan to'pni Due darvozaga tepsa bo'lardi, biroq u markazdagi sherigiga to'pni oshirdi. Himoyachi esa to'pni olib qo'ydi.

13. Kukurelya Duega qarshi qo'pol o'ynadi va hushtak chalindi.

Donald Tramp ham uchrashuvni maydondan kuzatib bormoqda


8. "Kold" Palmerning zarbasi noaniq ketdi. O'yindagi ilk xavfli vaziyat yuzaga keldi.

6. UXXXX!! Gyusto o'ng qanotda to'p bilan paydo bo'ldi va darvoza yoniga oshirdi. Lekin himoyachilar to'pni qaytarib yubordi. Xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi.

5. PSJ hujumga o'tdi. Qanotdan uzatilgan to'pga birinchi bo'lib Koluill etib keldi va darvozaboniga oshirib berdi.

3. "Chelsi" yana bir vaziyatga ega bo'lishi mumkin edi. Joao Pedro ofsaydda qolib ketdi.

2. "Chelsi" ilk daqiqalarni hujumkor boshladi. Biroq burchak zarbasidan samara chiqmadi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Maykl Baffer yana yashil maydonda. Afsonaviy ovoz va afsonaviy sahna. Chiroyli chiqish bo'ldi.

- Bahs kutilganidek 00:00da start olmadi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Bugun biz keyingi 4 yillik uchun eng kuchli jamoa nomini bilib olamiz. Maydonda "Chelsi" va PSJ jamoalari saf tortmoqda.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика