Srechko Katanec 62 yoshda! U haqida 20 ta qiziqarli fakt
17 iyu 01:00
Yangiliklar


Srechko Katanec 62 yoshda! U haqida 20 ta qiziqarli fakt
O'zbekiston terma jamoasini uch yarim yil davomida boshqargan mutaxassis bugun tug'ilgan kunini nishonlamoqda. Uning futbolchi va murabbiylik faoliyati yutuqlar va katta natijalarga boy. Tug'ilgan kun munosabati bilan Katanec haqida bilishingiz kerak bo'lgan qiziqarli malumotlarni taqdim etamiz.
1. Srechko Katanec 1963 yil 16 iyul sanasida Lyublyana shahrida dunyoga kelgan
2. Katanec Lyublyanada tug'ilishiga qaramay uning ota-onasi xorvat millatiga mansub bo'lishgan. Katanecning avlodlari Xorvatiyaning Mejimure viloyatidan
3. Katanec 7 yoshida futbol bilan shug'ullana boshlagan. Uning dastlabki klubi "ZNK Lyublyana" bo'lgan
4. Professional faoliyatini Lyublyananing "Olimpiya" jamoasida boshlagan, keyinchalik "Dinamo Zagreb" va Belgradning "Partizan"ida o'ynagan
5. Evropada nom qozongan va yulduzlar bilan birga o'ynagan
Katanec Evropada Germaniyaning "Shtutgart" va Italiyaning "Sampdoriya" jamoalarida to'p surgan, "Sampdoriya" bilan Italiya chempionligi, Kubogi, Superkuboki va UEFA Kuboklar sohibi Kubogini qo'lga kiritgan. 1991/1992 yilgi mavsumda so'nggi marotaba o'tkazilgan Chempionlar Kubogi(amaldagi Chempionlar Ligasi) finalida ishtirok etgan. "Samdporiya" finalda "Barselona"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan.
Katanec futbolchilik faoliyati davomida bir qator taniqli futbolchilar bilan birga o'ynagan. Qahramonimiz Yugoslaviya terma jamoasida Deyan Savichevich, Robert Prosinechki, Dragan Stoykovich, Zvonimir Boban. "Shtuttgart" tarkibida sobiq futbolchi va taniqli murabbiy Yurgen Klinsmann bilan jamoadosh bo'lgan. Genuyaning "Sampdoriya"sida esa Janluka Vialli va Roberto Manchini bilan katta yutuqlarga erishgan.
5. Universal futbolchi bo'lgan
Katanec universal futbolchi bo'lgan. Asli tayanch yarim himoyachisi bo'lishiga qaramay faoliyati davomida chap qanot himoyachi va markaziya himoyachi poziciyalarida ham ko'p o'yin o'tkazgan.
6. Ikki terma jamoa safida o'ynagan
Katanec faoliyati davomida ikki milliy terma jamoa sharafini himoya qilishga ulgurgan. Sobiq Yugoslaviya terma jamoasida safida 1983-1991 yillar davomida 31ta uchrashuvda ishtirok etgan va 5 marotaba raqib darvozasini ishg'ol etgan. 1991 yilning 25 iyunida Sloveniya Yugoslaviya tarkibini tark etib, o'z mustaqilligini elon qiladi. Shundan so'ng Srechko Katanec Yugoslaviya terma jamoasini tark etadi. Katanec jamoani tark etgan vaqti Yugoslaviya terma jamoasi Evro-1992 saralashida ishtirok etayotgan edi va terma jamoa o'z tarixidagi eng kuchli avlodlardan biriga ega edi. 1992 yilning yozida o'tkazilgan Evropa chempionati Yugoslaviya terma jamoasisiz o'tkaziladi. Yugoslaviyaning o'rniga musobaqaga Daniya taklif etiladi. Mustaqil Sloveniya terma jamoasi tarkibida Katanec 5 o'yinda ishtirok etadi, biroq faqatgina bir rasmiy uchrashuvda. 1994 yil 7 sentyabr Evro-1996 saralashida doirasida Italiyaga qarshi o'tkazilgan bahsda Sloveniya terma jamoasini sardor sifatida maydonga olib tushadi va 57-daqiqada zaxiraga olinadi. Ushbu bahs Katanecning faoliyatidagi so'nggi uchrashuvi. 1994 yilning 1 iyul sanasida "Sampdoriya" bilan shartnomasiga yakuniga etganidan so'ng futbolchilik faoliyatini tugatishga qaror qiladi.
6. Yugoslaviya tarkibida Evro-1984 va JCH-1990 musobaqalarida ishtirok etgan
Franciya maydonlarida o'tkazilgan 1984 yilgi Evropa chempionatida Yugoslaviya terma jamoasi "A" guruhida Belgiya, Franciya va Daniya jamoalar bilan kuch sinashadi. Dastlabki uchrashuvda Belgiyaga 0:2, 2-turda Daniyaga yirik 0:5 va so'nggi turda mezbon Franciya 2:3 hisobida mag'lub bo'ladi va musobaqani guruh bosqichidayoq yakunlaydi. Katanec barcha uchrashuvlarda ishtirok etadi, faqatgina Franciyaga qarshi uchrashuvning 84-daqiqasida zaxiradan o'yinga qo'shiladi.
Yugoslaviya terma jamoasi Italiya mezbonlik qilgan 1990 yilgi mundialda chorak final bosqichiga qadar etib boradi. Yugoslaviya qura natijalariga ko'ra "D" guruhdan joy oladi va FRG, BAA va Kolumbiya terma jamoalariga raqiblik qiladi. Musobaqadagi debyut uchrashuvda Katanec terma jamoasi bo'lajak musobaqa g'olibi FRG terma jamoasiga yirik 1:4 hisobida mag'lub bo'ladi. Katanec to'liq o'yin o'tkazadi. Keyingi bahsda esa Yugoslaviya Kolumbiya terma jamoasini 1:0 hisobida taslim etadi. Katanec uchrashuvni chap yarim himoyachi poziciyasida boshlaydi va tanaffusda zaxiraga olinadi. BAA terma jamoasiga qarshi so'nggi turda esa Katanec zaxirada qoldirilgan, Yugoslaviya esa yirik 4:1 hisobidagi g'alabani qayd etgan. Yugoslaviya 5 ochko to'plab, guruhda ikkinchi o'rinni egallagan.
Katanec terma jamoasi nimchorak finalda Ispaniya bilan to'qnash kelgan. 120 daqiqa davom etgan uchrashuvda Yugoslaviya ilk ekstra-taymning dastlabki daqiqasida urilgan gol evaziga Ispaniyani musobaqadan chiqarib yuborgan. Uchrashuv 2:1 hisobida yakunlangan. Srechko Katanec chap yarim himoya poziciyasidan joy olgan va 79-daqiqada zaxiraga olingan. 78-daqiqada Dragan Stoykovich uchrashuvdagi ilk golni kiritadi. Stoykovichning goliga ega Katanec assistenlik qiladi. Chap qanotdan uzaytirilgan to'pni Katanec boshi bilan to'g'irlab yuboradi va Stoykovich to'pni qabul qilib, raqib darvozasini ishg'ol etadi. Chorak final bosqichida esa Maradona etakchiligidagi Argentina Yugoslaviyaga raqiblik qiladi. Argentina yakunda finalga qadar etib boradi va finalda Yugoslaviya bilan bir guruhdan o'rin olgan FRG terma jamoasiga imkoniyatni boy beradi. Argentinaga qarshi uchrashuvda Katanec zaxirada qoldiriladi. G'olib nomi esa penaltilar seriyasida aniqlanadi. "Lotereya"da argentinaliklar aniqroq zarba berishadi va 2:3 hisobidagi g'alabani qayd etishadi.
7. Jarohat tufayli faoliyatini yakunlagan
Katanec 31 yoshida chap oyog'idagi og'ir jarohat tufayli futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Mutaxassis intervyularida futbolni erta tugatishga majbur bo'lgani haqida aytib o'tgan.
8. Sloveniya terma jamoasi bilan tarixiy natijalarga erishgan
Katanec murabbiy sifatida Sloveniya terma jamoasini Evro-2000 va JCH-2002ga olib chiqqan. Ushbu yutuqlar Sloveniya futbolidagi eng katta natija hisoblanadi va Katanec terma jamoani boshqargan davr Sloven futbolining "oltin davri" deya takidlanadi.
9. Katanec kuchli egoga ega shaxs hisoblanadi, ammo mundialdagi matbuot anjumanlaridan birida yig'lab yuborgan
2002-yilgi Jahon chempionatida Sloveniya terma jamoasi yulduzi va sardori Zlatko Zaxovich bilan mojaroga boradi.
Sloveniya terma jamoasi o'z tarixidagi ilk mundialda ishtirok etadi. Musobaqadagi debyut uchrashuvida Katanec boshchiligidagi Sloveniya terma jamoasi Ispaniya bilan to'qnash keladi. Uchrashuvning 63-daqiqasida Katanec terma jamoa sardori va etakchisi Zlatko Zaxovichni zaxiraga oladi. Zaxovich o'rniga maydonga Milenko Asimovich tushiriladi. Zaxovich maydonni tark etganidan so'ng suvni erga uloqtiradi va ochiqchasiga murabbiy qarori bilan noroziligini namoyish etadi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida esa, Katanec shunday deydi:
"Bizda bor-yo'g'i ikkita uchrashuv qoldi, Paragvay va JARga qarshi. Shundan so'ng barchasi tugaydi. Ayrim bilan futbolchilar bugun maydonda etarlicha harakat qilishmadi" - deya Zlatko Zaxovichni tanqid qiladi bosh murabbiy.
"Kiyinish xonasida nimalar ro'y berganini hozir aytmayman, ammo bir necha kundan so'ng barchasini bilib olasiz" - deydi Katanec.
Keyingi matbuot anjumanida esa Katanec "yoriladi":
"O'tgan uchrashuvda bir nimalar ro'y berdi. Men Lyublyanaligim uchun faqat Lyublyanalikni o'ynatish uchun, Shtiriyalikni (tahr. - Zlatko Zaxovich Sloveniyaning Shtiriya viloyatidan) zaxiraga olibman. O'yindan keyin shuni bildimki, men lanatlangan murabbiyman ekanman va kimdir meni, mening o'yimni va Smana Gorani (tahr. Smana Gora - Lyublyana yaqinidagi tog' va Katanecning o'y manzili) sotib olishi mumkin ekan. Endi nima bo'lganini bilasiz. Men Sloveniya futbol federaciyasi xodimiman va bu ishga bor kuch-g'ayratimni sarflayman. Umid qilamanki, bu jamoaga yana uch-to'rt o'yinda murabbiylik qilaman, shundan so'ng mening hikoyam yakunlanadi. Terma jamoani tark etaman. Afsuski, barchasi shunday tugashi kerak ekan, ammo bu futbolning bir qismi. Futbol sizga nimadir beradi va nimadirni olib qo'yadi. Yana bir narsani aytmoqchiman. Sloveniya kichkina mamlakat bo'la turib, ichidan bunday ko'plab parchalarga bo'linib ketishidan hafaman. Men sloveniyalik ekanligimdan faxrlanaman, ota-onam xorvat bo'lganidan, otam va onamdan faxrlanaman" - shu payt Katanec yig'lab yuboradi va o'rnidan turib, xonadan chiqib ketadi.
Zlatko Zaxovich esa keyingi intervyusida Katanecga shunday javob qaytaradi:
"Birovlarga chuqur qaziydiganlar ko'pincha o'zlari o'sha chuqurga tushishadi. Ha, qattiq so'zlar aytildi, lekin men hech qachon uning ota-onasi yoki ularning millati haqida gapirmadim. Cmana-Gora tilga olindi, u (Katanec) ham. Afsusdaman, bu noto'g'ri edi. Bu holat ancha vaqtdan beri davom etib kelmoqda. u yig'inning birinchi kunidanoq mening g'ashimga tegishni istagan. Turli voqealar sodir bo'ldi, men esa javob qaytarmaslikka harakat qildim, garchi har kuni meni haqoratlaganlarini eshitishga majbur bo'lsam ham. Gap faqat men haqimda emas, boshqa o'yinchilar haqida ham ketmoqda.
U men va mening 32 ta golim bilan bellashishni to'xtatishi kerak. U mening mashhurligim va boshqa o'yinchilar bilan raqobatlashishni bas qilishi lozim, chunki aynan biz uni bugungi maqomiga etkazishda katta hissa qo'shganmiz. U Jahon chempionatiga olib chiqqan murabbiy sifatida tarixda qoladi. Hech kim undan buni tortib olmoqchi emas. Kecha yig'ilish bo'ldi va men boshqa o'yinchilarning fikrini bilmoqchi edim. Ular juda samimiy edilar. Ular mening munosabatim noto'g'ri bo'lganini va bunga qo'shilmasliklarini aytishdi, ammo murabbiy menga ko'proq hurmat ko'rsatishi kerak deb hisoblashadi. Ular mening jamoada qolishimni xohlashdi. Shuning uchun ham u (Katanec) yig'ladi. U o'zini haqoratlangan his qilgani uchun emas, balki boshqa sababdan yig'ladi"
Zaxovichning intervyusi Sloveniya Futbol federaciyasi tomonidan tanqid qilinadi va futbolchi terma jamoani lagerini tark etadi. Sloveniya esa qolgan bahsda ham mag'lub bo'ladi va musobaqani erta yakunlaydi. Katanec esa musobaqadan so'ng terma jamoani tark etadi.
Katanec va Zaxovich o'rtasidagi mojaro Jahon chempionati tarixidagi eng mashhur mojarolardan biri hisoblanadi. Shuningdek, aynan ushbu mojaro Sloveniya futbolini "oltin davri" tugashining asosiy sababi deydi ko'pchilik.
11. Qisqa vaqt davomida "Olimpiakos"ni boshqaradi, ammo tezda istefoga chiqarildi
2002 yil noyabr oyida mutaxassis Greciya "grandi" "Olimpiakos" jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Biroq, 2003 yil fevralidayoq kiyinish xonasida yomon atmosfera tufayli lavozimidan ozod etiladi.
12. Katanec Makedoniya terma jamoasini uch yil davomida boshqaradi. Makedoniyada ham mojaro yuz berdi
2006-2009 yilgacha Katanec Makedoniya bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. Bu davrda u Makedoniya futboli afsonasi Goran Pandev bilan kelishmay qoladi. Keyinchalik u o'z intervyusida makedoniyalik jurnalistlar uni taktik qarorlari va himoyaviy o'yini haqida ko'p tanqid qilishganini aytgan.
JCH-2010 saralash doirasida o'tkazilgan Makedoniya - Niderlandiya (0:4) uchrashuvidan so'ng Srechko Katanec istefoga chiqqani gapida gapiradi.
"Men 0:4 hisobida yutqazganimiz uchun emas, balki o'yin oldidan Pandev bilan bo'lgan kichik mojaro jamoada yomon muhit yaratgani uchun ketdim. Bazi o'yinchilar bu haqdagi malumotlar matbuotga qanday etib borgani bo'yicha o'z surishtiruvlarini boshlashdi va men bunday xatti-harakatlarni qabul qila olmayman. Bu mening jamoadagi ishimni imkonsiz qilib qo'ydi.
Makedoniya hali ham guruhda ikkinchi o'rinni egallab, pley-offga chiqish imkoniyatiga ega, ammo endi jamoaga yaxshi muhitni tiklay oladigan murabbiy kerak"
13. Osiyo tomonga yurish. Dastlabki manzil - BAA
2009 yil iyun oyida Katanec Birlashgan Arab Amirliklari futbol associaciyasining taklifini qabul qildi va milliy terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanadi. 26 oy davomida u jamoa bosh murabbiyi bo'lib ishlaydi, ammo 2011 yil 6 sentyabrda 2014 yilda Beyrutda bo'lib o'tagan JCH-2014 saralashining ikkinchi bosqichidan o'rin olgan Livanga qarshi o'yindagi 1:3 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng istefoga chiqarilgan.
14. Sloveniya terma jamoasini ikki marotaba boshqargan
2013 yil boshida Srechko Katanec ikkinchi marta Sloveniya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Uning asosiy vazifasi 2014 yilda Braziliyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritish edi. Biroq, Sloveniya Mundial saralashidan o'ta olmadi. Shuningdek, 2016 yilgi Evropa chempionatiga saralashi ham Sloveniya terma jamoasi uchun muvaffaqiyatsiz bo'ldi. Terma jamoa boshqaruvining ikkinchi davrida Katanec asosan 3-4-1-2 sxemasidan. 2017 yilning oktyabr oyida Sloveniya terma jamoasi Rossiya mezbonlik qiladigan Jahon chempionati saralashidan o'ta olmaganidan so'ng Katanec istefoga chiqarildi.
15. Iroq terma jamoasini boshqargan, ammo oylik to'lanmagani uchun lavozimini tark etgan
2018 yil sentyabr oyida Srechko Katanec Iroq terma jamoasini qabul qilib oldi va deyarli uch yil davomida ushbu mamlakatda ishladi. 2019-yilgi Osiyo Kubogida Iroq terma jamoasi 1/8 final bosqichiga qadar etib bordi va turnirning bo'lajak g'olibi Qatar terma jamoasiga minimal hisobda 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. O'sha yili o'tkazilgan Arab Millatlar Kubogida yana 1/8 final bosqichiga ishtirok etdi. Nimchorak finalda Bahraynga penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi. G'arbiy Osiyo Kubogining (WAFF) 19-musobaqasida Iroq terma jamoasi kumush medallarini qo'lga kiritdi. Katanec finalda yana Bahrayndan engildi. Katanecning Iroqdagi faoliyatidagi eng yorqin lahzalardan biri 2022-yilgi jahon chempionati saralashida Eron terma jamoasi (3:2) ustidan qozonilgan tarixiy g'alaba bo'ldi.
2021 yilda esa Katanec bir necha oydan buyon maosh olmagani tufayli Iroq terma jamoasini tark etdi.
16. Toshkentda O'zbekiston terma jamoasini mag'lub etgan
2021 yil mart oyida Srechko Katanec Iroq terma jamoasi bilan O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi. "Bunyodkor" stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning minimal hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi. Yakuniy hisob 0:1.
17. Olimpiya o'yinlari sovrindori
Srechko Katanec 1984 yilda Los-Anjelesda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarining bronza medali sovrindori . U Yugoslaviya yoshlar terma jamoasida safida Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan.
18. O'zbekiston terma jamoasi bilan ikki marotaba mag'lub bo'ldi
Srechko Katanec bosh murabbiyligida O'zbekiston terma jamoasi jami 42 ta o'yinda maydonga tushdi. Bu borada sloveniyalik mutaxassis terma jamoa ustozlari ro'yxatida Mirjalol Qosimovdan (54ta o'yin) keyingi o'rinni egalladi. Uning davrida "oq bo'rilar" 26 g'alaba, 8 durang, 8 mag'lubiyat qayd etdi. To'pplar nisbati esa 83-38 ko'rinish oldi.
Srechko Katanec qo'l ostida O'zbekiston terma jamoasi rasmiy uchrashuvlarda bor-yo'g'i ikki marotaba mag'lub bo'ldi. CAFA Nations Cup-2023 finalida Eronga 0:1 hisobida va JCH-2026 uchinchi saralash bosqichida Qatarga 2:3 hisobida. Katanec tanqid qilingan vaqti, Katanec "advokatlari" aynan ushbu statistikani ko'p marotaba eslashgan edi.
19. Istefoga haqidagi savolga javob berishdan bosh tortgan
2023 yilgi Osiyo Kubogida O'zbekiston terma jamoasi chorak finalga qadar etib bordi. Yarim final ostonasida MTJ Qatar terma jamoasiga penaltilar seriyasida engildi. Uchrashuv yakunlangach, Srechko Katanec jurnalistning istefoga haqidagi savoliga bermadi. Katanec savolni eshitganidan "Hazillashyapsizmi? Katta rahmat" deya intervyuni tark etdi.
20. O'zbekiston terma jamoasining tarixiy natija qayd etishiga katta hissa qo'shgan
Qariyb 3,5 yil davomida O'zbekiston terma jamoasini boshqargan Srechko Katanec, MTJ tarixidagi eng muhim natijaga erishishda muhim rol o'ynadi. JCH-2026 uchinchi saralash bosqichida, 6 uchrashuvda terma jamoamizni boshqardi va to'rrta g'alaba, bir durang va bir mag'lubiya qayd etdi. Katanec boshchiligida terma jamoamiz 13 ochko jamg'ardi. Tarixiy natija qayd etilishida Katanecga, Vlado Radmanovich, Alesh Chesh, Martin Magistr va Nixad Pejkovichdan iborat murabbiylar shtabi ko'maklashdi.
Srechko Katanec va Zlatko Zaxovichning intervyulari The Guardian nashridan tarjima qilindi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Eng Kulgulisi Yoaxim Lev ni Temur Kopadzega yordamchi maslahatchi bo'lasan deyayotganlaring bo'ldi. Odamni unaqa qornini ogritmelar kuldurorib UFA dagilar. 10 Yil Germaniya Terma Jamoasini boshqargan Kimsan Ispaniya Braziliyalarni qaltiratgan osha Germaniya shu Lev qol ostida osha natijalarni qilgan. Hozir Lev sz Germaniya ortamiyona bopqoldi salkam... Agar Terma Jamoaga trener bolaman desa jon deb opkelinglar, shunga rozi bolsa hursand bolaveringlar yutugimiz shu.. )))
Temur Kopadze nabarot Lev ni shtabida yordamchi murabbiy bolib ishlab yonida yurib juda kop ilm bilim olsa bo'ladiyu nega ketaman deyapti hayronsan odam. Agar yoqmasa mayli ketsin orniga Islom Ismoilov kabi murabbiyni yordamchi murabbiy qilib qoyinglar. Islomjon bilim olishdan uyalmasa kerak har xolda. Yoaxim Lev kelsa kop narsa organsa boladi futbolchilar ham oz ustida mehnat qilishni boshlaydi , hozir hohlaymizmi yoqmi sostavda 101 % kafolatlangan futbolchilar bor, ular futbolni yurib oynasa ham JCH borishimiz aniq deb yurishadi barbir.