So’nggi yangiliklar

14:15"Манчестер Сити" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга қўшилди  0 13:45Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди  1 13:20"Барселона"да асосий таркибдан мосуво қилинган Тер Штегенга "Сити"дан таклиф тушди  3 12:57"Челси" дарвозабони "Борнмут"га ўтди. Трансфер шартлари қанақа?  0 12:38"Қизилқум" легионери жамоадан кетди  1 12:18ЖЧ-2026 саралаши. Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлаб берди: Қатар ва БАА битта гуруҳда  25 11:52IFAB VAR иши ва пенальтилар ижросига оид қоидаларни ўзгартириши мумкин  3 11:18Роналду Луис Диасни "Ал Насср"да кўришни истамоқда — клуб 100 миллион евро беришга тайёр  0 10:46"Like Сup" қайтди. 3 та тўқнашувда 29 та гол урилган учрашувлардан галерея  3 10:19ОКМК назорат учрашувида Қирғизистон клубини йирик ҳисобда енгди  0 09:52Валижон Раҳимов: "Нима учун ўзимни кўрсата олмаганимни ҳалигача тушуниб етмадим"  4 09:15"Реал" ўзининг энг қиммат футболчиларидан бири билан хайрлашишга тайёр  8 08:51"Нефтчи"даги саҳифам ёпилди, кетиш икки томон учун ҳам фойдали бўларди" — Тома Табатадзе билан интервью  3 08:20МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди  3 08:00Неймарнинг голи "Сантос"га ғалаба келтирди, "Фламенго"нинг ғалабали серияси тўхтади  0

"Real" o'zining eng qimmat futbolchilaridan biri bilan xayrlashishga tayyor Yangiliklar

"Real" o'zining eng qimmat futbolchilaridan biri bilan xayrlashishga tayyor

Bu haqda Ispaniyaning mashhur AS nashri xabar bermoqda.

Madridning "Real" klubi joriy yozda jamoa safini tark etishi mumkin bo'lgan avstriyalik himoyachi David Alaba bilan xayrlashish niyatida. 

Manba malumotiga ko'ra, klub bu qaror orqali maosh fondini qisqartirish va moliyaviy zaxiralarni bo'shatishni maqsad qilgan. Ammo Alabaning o'zi klubni tark etish niyatida emas — u 2026 yil 30 iyungacha mo'ljallangan shartnomasini oxirigacha bajarib, kelasi yozda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yaxshi sport formasida etib borishni xohlamoqda.

Futbolchining kelajagiga doir yakuniy qaror uning sog'ligi va tiklanish jarayoniga bog'liq bo'ladi. Malumotlarga ko'ra, iyun oxirida olingan chap oyoq orqa mushakdagi jarohat tufayli Alaba kamida bir oy maydondan chetda qolishi mumkin.

Ayni vaqtda Alaba Evropadagi eng ko'p maosh oluvchi himoyachilardan biri hisoblanadi — u haftasiga 415 ming evro (€1,88 mln oylik, soliqlardan avval yillik €22,6 mln) maosh oladi. Madrid klubida bu ko'rsatkich bo'yicha undan faqat Kilian Mbappe va Vinisius Junior yuqorida turishadi.

Eslatib o'tamiz, 2023 yil dekabridan 2025 yil yanvarigacha Alaba tizzasidagi kesishgan bog'lam jarohati ortidan tiklanish bilan mashg'ul bo'ldi. 2024 yil fevralda u yon mushagidan jarohat oldi, aprelda esa meniskdagi shikast tufayli yana maydondan chetlashdi. O'tgan mavsumda Alaba barcha musobaqalarda atigi 14 ta o'yinda qatnashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
17 iyu 10:42:39
Oliver Kan
Bavariyani qadriga yetmadi ketib xor boʻldi
+1   
17 iyu 09:34:59
Murod Muxammadiyev
Jarohatdan boshi chiqmadi shu Alabani. Realda uni faqat oshibkalarini eslay olamiz aytarli foydasi tegmadi
   
17 iyu 12:59:12
Akbarbekk
Utgan mavsum uynamadi faqat, undan oldin juda zur uynagandi
   
17 iyu 12:59:11
Oliver Kan
Sardorbek.. foydalanuvchining fikriga javob berish
Nega xor bo'ladi Realda yutmagan sovrini qomadiyu Chlni 2 marttalab yutti tem bole
Bavariyada koʻrsatgan oʻyinini realda koʻrsata olmadi umri jarohatda oʻtdi gʻalabalarda uni hissasi boʻlmadi hisob
   
17 iyu 10:38:15
mirabzal
Muhammadali Sirojiddinov foydalanuvchining fikriga javob berish
Nega bir oʻyini bor eslawga asos boʻladigan Barsaga urgan goli
Тугри барсага гол уриш хам бир бахтдир
   
17 iyu 10:26:31
mirabzal
давно сотиш керегиди менди милитаоланиям сотиш кере
-1   
17 iyu 10:53:27
Sardorbek..
Oliver Kan foydalanuvchining fikriga javob berish
Bavariyani qadriga yetmadi ketib xor boʻldi
Nega xor bo'ladi Realda yutmagan sovrini qomadiyu Chlni 2 marttalab yutti tem bole
-1   
17 iyu 10:27:59
Muhammadali Sirojiddinov
Murod Muxammadiyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Jarohatdan boshi chiqmadi shu Alabani. Realda uni faqat oshibkalarini eslay olamiz aytarli foydasi tegmadi
Nega bir oʻyini bor eslawga asos boʻladigan Barsaga urgan goli
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика