De Paul ham Messining yoniga boradi. "Atletiko" va "Inter Mayami" kelishib olishdi
16 iyu 22:59
Yangiliklar


De Paul ham Messining yoniga boradi. "Atletiko" va "Inter Mayami" kelishib olishdi
"Atletiko" MLS klubining taklifini qabul qildi.
Rodrigo De Paul "Inter Mayami"da Lionel Messi bilan bir jamoada o'ynaydi.
Fabricio Romanoning malum qilishicha, "Atletiko" Florida shtatidagi klubning taklifini qabul qilgan. Bitim deyarli yakuniga etgan bo'lib, hozirda tomonlar kelishuvning so'nggi tafsilotlarini muhokama qilmoqda. De Paul "Inter Mayami" bilan 4 yillik shartnoma tuzadi.
Argentinalik yarim himoyachi 2021/22 yilgi mavsumdan buyon "Atletiko" safida to'p surib kelmoqda. U o'tgan mavsum La Liga doirasida 34 ta o'yinda ishtirok etib, 3 ta gol urgan va 5 ta gol uzatmasini bergan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar