Islom Ismoilov: "Moskvada mahalliy klublar bilan nazorat uchrashuvlari o'tkazamiz"
16 iyu 21:29
Yangiliklar
Islom Ismoilov: "Moskvada mahalliy klublar bilan nazorat uchrashuvlari o'tkazamiz"
O'zbekiston U-17 terma jamoasi ustozi Islom Ismoilov terma jamoa yig'inlari haqida fikr bildirdi.
"Yig'inimizga to'xtaladigan bo'lsak. Yig'inimizning dastlabki qismi Toshkent shahrida bo'lib o'tadi. 18 iyul sanasida esa Moskvaga jo'nab ketamiz. Moskva shahrida bir qator mahalliy klublar bilan nazorat uchrashuvlarida ishtirok etamiz. Hozirgi kunda Moskvada ob-havo yaxshi. Yoz bo'lgani sabab ko'plab klublar tatilda va shu fursatdan foydalanib, yig'in tashkillashtirdik. Yigitlar sport formasini optimal holatda ushlab turishimiz kerak. Yig'in davomida yangi taktikalarni sinab olamiz" - deya fikr bildirdi Islombek Ismoilov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar