So’nggi yangiliklar

00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  1 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  7 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  3 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  0 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  1 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  15 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  1 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  2 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  5 18:49Мбаппе жароҳат олди  7 18:37Жейми Каррагер: "Жезус Дьокерешдан яхшироқ, бу факт"  6 17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  7

Vesko Steshevich: "Bugun biz yaxshiroq o'ynadik, ammo bu g'alabani kafolatlamaydi" Yangiliklar

Vesko Steshevich: "Bugun biz yaxshiroq o'ynadik, ammo bu g'alabani kafolatlamaydi"

Superliga 1-turi doirasidagi "Lokomotiv - "Metallurg" (2:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?

- Bugungi uchrashuv qiziq bo'ldi. Afsuski, g'alabani qo'ldan chiqardik. O'yinchilarni almashtirdik, ammo etiborni yo'qotdik va gol o'tkazib yubordik. G'alabani qo'ldan chiqarganimiz yoqimsiz albatta, ammo chempionatni bir ochko bilan boshladik. Bir ochko Afrikada ham bir ochko. "Lokomotiv" jamoasi ham bugun yaxshi o'yin namoyish etdi deb o'ylayman.

- Bugungi uchrashuvda qayd etilgan yakuniy natija siz uchun adolatli bo'ldimi?

- Ha, raqib ikkita gol urdi. Biz bugun biroz ustunroq bo'ldik deb o'ylayman, ammo yana bir marotaba takrorlayman, yaxshiroq bo'ldik deganimiz g'alabani kafolatlamaydi.

- Zabihillo O'rinboev qachon safga qaytishi haqida malumot bera olasizmi?

- O'rinboevni iloji boricha tezroq safga qaytishini istayman. Ammo u jarohatidan to'liq forig' bo'lishi kerak. Menimcha, shu oyning so'ngida u safimizga qaytsa kerak. U bizga nafaqat hujumchi, balki sardor sifatida ham juda kerakli futbolchi.

- Jamoangiz so'ngi 10 daqiqada sustlashib qoldi va ikkinchi golni o'tkazib yubordi. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz?

- SHu savolga javob menga ham qiziq. Futbolchilarimga ushbu savolni beraman.

- Dordevich bugun Superligada debyut qildi, ammo uning o'yini biroz qovushmadi. Ushbu futbolchini nega zaxiraga olmadingiz?

- Dordevich bugun bosim ostida o'ynadi va shu sabab o'yini qovushmadi deb o'ylayman. Lekin hali oldinda butun mavsum bor va men unga ishonaman. U gavdali futbolchi va raqib standart vaziyatlaridan foydalanayotgan vaqtida u bizga katta foyda keltirdi. "Lokomotiv"da ko'p futbolchilarning bo'yi baland va standart vaziyatlarda ular juda xavfli. SHu sababli uni zaxiraga olmadim.

- Jamoaning joriy mavsumdagi maqsadlari haqida gapirib o'tsangiz?

- Biz o'z maqsadlarimizni elon qilmadik. Asosiy maqsadimiz mavsumni yaxshi o'tkazish va o'tgan mavsumdagidan yaxshiroq o'ynash. Oldindan bir narsa deyish qiyin. Hozirgi kunda tarkibimizda bir nechta yo'qotishlar bor. O'rinboevning holatidan xabardorsiz, Palich ham "lazaret"da. Yana bir futbolchimiz endi O'zbekistonga uchib keladi.






Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика