So’nggi yangiliklar

19:02"Реал" юлдуз футболчи учун 160 млн евро тўлашга тайёр. У Пересга ёқади  0 18:35"Челси"да босим ортиб бормоқда: Росеньор кетиши мумкин  0 18:07Сарри: "Модрич — камтарликнинг ҳақиқий намунаси"  0 17:39"Нефтчи" "Пахтакор"ни ютиб, Суперкубокни қўлга киритган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  2 17:17Бекобод шаҳри Ўзбекистон Кубоги финали ёки Суперкубокка мезбонлик қилиши мумкин?!  3 16:51"Футбол олами". Финалларда ҳакамлар хатоси одат тусига кирди  13 16:38"Финалиссима" барибир Мадридда бўладиган бўлди  9 16:15Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби "Нефтчи"ни тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  5 15:53"Бавария"да дарвозабонлар қолмади — барчаси жароҳатланган  1 15:25Флик ва Деку Рэшфорднинг келажаги бўйича турлича қарашга эга  5 14:56Родри: "Биз курашни давом эттирамиз"  13 14:29Романо: Испания ва Аргентина терма жамоалари футболчилари Финалиссима ўйинида майдонга тушишга тайёр эди  3 14:01Эшли Коул Италия клуби бош мураббийи этиб тайинланди  1 13:33Гави майдонга қайтиши ҳақида: "Флик доимо мен билан бирга эди, худди отамдек"  0 13:05"Бунёдкор" академияси раҳбари билан очиқ-ойдин суҳбат  1

Van Persi: "Van Gal meni haydab yuborgan" Yangiliklar

Van Persi: "Van Gal meni haydab yuborgan"

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Robin van Persi jamoadan ketishi sababini aytdi.

"Lui van Gal bilan suhbat bo'lib o'tdi va u menga: "Robin, yo'llarimiz ajralyapti. Sening vaqting o'tdi, endi jamoadan ketishing kerak", dedi. Men unga shartnomam borligini aytsam ham unga buning farqi yo'q ekan.

Qatiylik. Mavsum yakunlanayotgandi va menga nimalardir oydinlashdi. SHunday so'zlarni eshitganingda miyadan ko'plab fikrlar o'tadi. Klub bilan shartnomam bor edi, oilam ham baxtli, Angliyadagi 11-mavsumimni o'tkazayotgandim. Bizga Angliya yoqardi. Nima qilish kerak? Bolalarim maktabga borishardi, ko'plab do'stlar orttirgandi. SHunday fikrlar bilan o'zimga kela olmadim. Qanday reakciya qilishni bilmasdim.

Unga: "Ko'ramiz nima bo'lishini. Bu sizning fikringiz. Biroq MYUda baxtliman, oilam ham Angliyada baxtiyor yashamoqda. Vaziyatga qaraylik", deb javob berdim. U bilan qo'l tashlashdik va chiqib ketdim.

Keyinchalik mavsumoldi yig'inlar boshlandi. Ikki tomonlama o'yinda o'ynashimga ruxsat berishmadi. Ular menga to'p berishdi va bir o'zim mashg'ulot qilishimni talab qilishdi. O'zimni xotirjam tutishga intildim, biroq oldimda katta voqea bo'layotgandi. Bu menga, oilmga va faoliyatimga katta tasir o'tkazardi.

Men unchalik qaysar odam emasman. Atrofimda bo'layotgan voqealarni kimgadir so'zlab berishim shart edi va buni bajardim. Eni esa ortga nazar tashlasam, hayotimda bir necha bora shunday kunlar bo'lgan va o'shanda ham shunday yo'l tutishim kerak bo'lgan ekan", - dedi van Persi.

2015 yilning yozida hujumchi MYUni tark etib, "Fenerbaxche"ga o'tgandi.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика