Van Persi Niderlandiya jamoasi bosh murabbiyiga aylandi
17 may 16:15
Yangiliklar
Van Persi Niderlandiya jamoasi bosh murabbiyiga aylandi
Robin van Persi "Xerenven"ning yangi bosh murabbiyi bo'ldi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
40 yoshli mutaxassis bilan shartnoma 2 yilga mo'ljallangan. Bu van Persining professional klubda bosh murabbiy sifatidagi ilk tajribasi bo'ladi.
Uning murabbiylar shtabida Brayan Pinas, Pol Simonis, Xenk Bryugge va darvozabonlar murabbiyi Ruud Xesp bor.
"Feyenoord", "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Fenerbaxche" jamoalari sobiq hujumchisi 2019 yilda futbolchilik faoliyatini yakunladi. SHundan so'ng u "Feyenoord"da yoshlar jamoasi ustozi sifatida ish boshladi.
Van Persini "Xerenven"ga bosh direktor Ferri de Xaan taklif qilgan. 2002 yili "Feyenoord" UEFA Kubogini qo'lga kiritganida ular jamoadosh bo'lishgan.
Mavsum tugashiga bir tur qolganida "Xerenven" milliy chempionat turnir jadvalida 10-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar