Van Deyk "Manchester Yunayted"dan uchralgan mag'lubiyat haqida: "Ikkinchi golni ehtiyotsizlik tufayli o'tkazib yubordik"
20 okt 17:00
Yangiliklar


Van Deyk "Manchester Yunayted"dan uchralgan mag'lubiyat haqida: "Ikkinchi golni ehtiyotsizlik tufayli o'tkazib yubordik"
"Liverpul" himoyachisi va sardori Virjil van Deyk APLning 8-turida MYUdan uchralgan mag'lubiyat (1:2) haqida fikr bildirdi.
"O'ylashimcha, biz ikkinchi golni ehtiyotsizlik tufayli o'tkazib yubordik. O'yinga qaytish uchun juda ko'p harakat qildik va g'alaba qozonish uchun ajoyib imkoniyatlar yaratdik, lekin ikkinchi golni o'tkazib yuborganingizda, bu eng xafa qiladigan narsa. Biz hozir nafaqat futbolchilar, balki klub va g'alaba qozonishimizni istagan muxlislar ham birdam bo'lishimiz kerak", – dedi van Deyk.
"Liverpul" 15 ochko bilan Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida uchinchi, "Manchester Yunayted" esa 9 ochko bilan 9-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar