So’nggi yangiliklar

01:47А Серия. "Милан" иродали ғалабага эришди  5 01:20"Бавария" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  0 00:45Расман: Ироқ термасига янги бош мураббий тайинланди  0 00:40Суперлига. Абрамов бошчилигидаги "Динамо" кичик ҳисобда ғалаба қозонди, "Андижон" эса дербида "Нефтчи"га мағлуб бўлди  1 00:19Вадим Абрамов: "Салбий ўйин кўрсатган бўлсак-да, натижа ижобий бўлди. Менга шуниси яхшироқ"  5 23:57Микель Артета: "Ҳакими жавоб ўйинида гол урмаслиги керак эди"  4 23:19Февзи Давлетов: "Ички муаммолар бор, буни биз ҳал қила олмаймиз"  4 22:57Вальверде Мбаппега таъриф берди  2 22:14Абрамов ва "Динамо"нинг навбатдаги қурбони "Сурхон" бўлди. Самарқандликлар мағлубиятсиз юришини давом эттирди  43 21:59"Барселона" ёзда Осиёга келади  2 21:27Артём Петросян: "Футболчилар руҳий жарликда. 3-4 кун ичида бу ҳолатдан олиб чиқиб бўлмайди"  13 20:55Виталий Левченко: "Таркибимизда йўқотишлар кўп. Ким соғлом ҳолатда бўлса, ўша ўйнаяпти"  6 20:29"Арсенал" "Ливерпуль"га чемпионлик йўлаги ташкил қилиб берадими? Артета жавоб берди  3 20:00Суперлига. "Нефтчи" "Андижон" майдонидаги водий дербисида устун келди  84 19:54"Реал"нинг азалий рақиби Лунин учун 25 млн евро беришга тайёр  0

Vadim Abramov: "Salbiy o'yin ko'rsatgan bo'lsak-da, natija ijobiy bo'ldi. Menga shunisi yaxshiroq" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Salbiy o'yin ko'rsatgan bo'lsak-da, natija ijobiy bo'ldi. Menga shunisi yaxshiroq"

Superliganing 9-turida "Surxon"ga qarshi o'yindan keyin "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- Bahs qiyin o'tishi kutilgandi. Chunki ushbu raqib bilan deyarli bir tur oldin kubokda o'ynagandik. Qisqa vaqt ichida bir raqibni ikki marta mag'lub qilish oson emas. Raqiblar bizning, biz esa raqiblarning qanday o'ynashini yaxshi bilardik. Biroq ular ko'p narsalarni o'zgartirishdi, adashmasam tarkibdagi 8 futbolchini almashtirishdi. Birinchi bo'limda gol urib oldik. Ikkinchi bo'limda o'yinni ertaroq yakunlab qo'yishimiz mumkin edi. O'zimiz vaziyatlarni ura olmaganimizdan keyin validolli o'yin bo'ldi. Himoyada ko'p o'ynadik. Futbolchilarga rahmat aytish kerak, bugungi bayram kunida ular muxlislarni xafa qilib qo'yishmadi. 

- Bugun juma kunida Fraydey gol urdi. Bu uning debyut goli edi.

- Uning ochilib ketishini kutayotgandik. Uning potencialini yaxshi bilamiz. U hali o'yiniga qo'sha oladi. Istalgan futbolchiga moslashib olish uchun vaqt kerak. Bu gol unga ishonch bahsh etib, o'yiniga yaxshi jihatlarni qo'shishiga umid qilyapman.

- Stadion atmosferasi haqida nima deysiz?

- Ajoyib atmosfera. Odamlar futbolga kelayotganidan xursandmiz. Muxlislar kelib, jamoalarni qo'llab-quvvatlashidan barcha mamnun bo'ladi. Samarqandlik muxlislarga rahmat aytib qolaman. Ularni xursand qilishda davom etamiz.

- Bugun Mirjahon Mirahmadov qator golli vaziyatlardan foydalana olmadi. Qolaversa, Ravshanbek Yagudin ham golga sabab bo'lishi mumkin edi. Ularning harakatiga baho bersangiz.

- Futbol shunday narsaki, barchada ham ishlar doimo o'xshayvermaydi. 9-raqamli futbolchimizning vaziyati ham shunday. U shu vaziyatdan gol ura olmaganidan keyin ruhan sinib qoldi, shu sababli uni almashtirdim. U o'yin davomida katta hajmdagi ishlarni bajaradi, bosim amalga oshiradi, uning o'yinlaridan mamnunmiz. 6-raqamli futbolchimizni esa to'g'ri payqabsiz, u sariq kartochka olgandi, shu sababli almashtirdik. Darvozabon poziciyasi shunday joyki, uning birgina xatosi ajralib qolishi mumkin. Boshqa futbolchilarning xatolari unutilib ketishi mumkin, darvozabonlarning ishi esa shunday. U ko'p narsalarni bo'yniga oladi. Shuningdek, u o'tgan turda maydonga tushmadi. Bugun ham u jarohati bilan o'ynadi.

- Mirjahon Mirahmadovning o'rniga himoyaga moslashgan O'rmonjonovni maydonga tushirdingiz. "Dinamo" ikkinchi bo'limda natijani saqlab qolishga o'ynadimi yoki bizga shunday tuyuldimi?

- Yo'q, barchasi o'yindan kelib chiqildi. Ikki futbolchini tushirish orqali o'yinin kuchaytirmoqchi edik. Biz yoshlarni tushirish orqali hujumga tezlik berishni istagandik. Yoshlar doimo tezkor bo'lishadi, yodingizda bo'lsa o'tgan o'yinda yosh futbolchi gol urgandi. Ular maydonga tushgan paytda markazda parokandalik boshlanayotgandi. Ko'p narsa shunga bog'liq. Futbol shunday, 1:0 hisobida yutar ekansan, hisobni ushlash uchun o'ynashga to'g'ri keladi. Qarshi hujumga o'tib ketib, ishni ertaroq yakunlashimiz ham mumkin bo'lgandi. Salbiy o'yin ko'rsatgan bo'lsak-da, natija ijobiy bo'ldi. Menga shunisi yaxshiroq. Bosim doimo bor, lekin asosiysi natija.

- Uchrashuvning 20-daqiqasigacha "Surxon" yaxshiroq harakat qildi. Goldan keyingi vaqtda esa "Dinamo" raqibiga imkon bermaslikni boshladi. Sershovqin muxlislarga to'la tribuna ostida ko'rsatmalaringizni futbolchilar eshitishdimi yoki futbolchilarning o'zi barchasini bilgan holda o'yinni o'zgartirishdimi?

- Bunisiga ahamiyat bermabman. Barchasini biz o'yindan oldin hal qilib qo'ygandik. "Surxon"ning qanday o'ynashini bilardik, taxmin qildik. Ular erlatib uzatmalarda yaxshi, markaziy hujumchi raqib himoyachisi oldida to'pni qabul qilganida qanot futbolchisi tezlikni oshiradi. Barchasini bilgan holda biz ilk daqiqalardanoq ularga o'yinni his qilmasligini istagandik. Bunday holatda yoki pressing amalga oshirish kerak yoki bu o'xshamasa himoyada bo'lib, ular tashkil qilmoqchi bo'lgan o'yinini buzib, raqibga muammolar yaratish va keyin qarshi hujumga qochish. 20-daqiqadan keyin tashabbus bizning tomonga o'tdi va biz gol urdik. Futbolda futbolchi qulay vaziyatdan gol ura olmasa, o'sha vaziyat o'z so'zini aytadi. Jamoaviy ishda shunday, bitta vaziyatni ura olmadik, ikkinchisini ura olmadik, keyin tashabbus "Surxon" tomoniga o'tib ketdi. Istalgan jamoada o'yinning istalgan davrida pasayish davri bo'ladi. "Surxon"da aynan shu pasayish davrida biz gol urib oldik. Keyin esa o'yinni biz nazorat qildik va qarshi hujumlarda o'ynadik. Bunday holatlar osonroq, chunki ochiq hududlar paydo bo'ladi, undan bizning tezkor futbolchilar foydalanishi mumkin edi. Biroq bugun unday bo'lmadi.

- "Dinamo"ning navbatdagi o'yini kubokda "Andijon"ga qarshi. Tarkibda tajribalar o'tkazib ko'rish niyatingiz bormi?

- Biz hali kubok masalasini hal qilmadik. 13 may kuni biz "Andijon" maydonida o'ynaymiz va u erdan qaytib kelib, 17 mayda "Buxoro"da maydonga tushamiz. Bu erda tarkibda o'zgarishlar bo'ladi. Kim kam o'ynayotgan bo'lsa, o'sha maydonga tushishi ham mumkin. 

- Yoshlar tarkibidagi futbolchilar o'ynashi mumkinmi?

- Zaxirada o'tirib qolayotgan boshqa futbolchilar ham bor. Ular chempionatda ko'p ham yuklama olishmayapti. Ularni sinab ko'rish va nimalarga qodirligini bilish kerak. Afsuski bizda Superliganing o'yinidan keyingi kuni yoshlar jamoalari o'ynashadi. Biz yoshlarni ko'ra olmaymiz. Masalan Siz biror spektaklning avval premerasini qo'yib, keyin repiticiya qilmaysiz-ku, to'g'rimi? Shu sababli men yoshlar tarkibi futbolchilari bilan o'yinga bora olmayman. Oldinlari yoshlarning o'yinlariga borib, tomosha qilardim. Mana ikkinchi yildir-ki, buning iloji bo'lmayapti.

- ECHL haqida savol bermoqchiman. Siz adashmasam "Barselona" muxlisi edingiz. Finalda "Inter" va PSJning o'ynashi adolatlimi?

- Futbolda doim ham kuchlilar yutavermaydi. Lekin "Barselona" kabi jamoa uchun 7ta gol o'tkazib yuborish juda ko'p. "Barselona" avantyur futbol namoyish qiladi, shu sababli raqiblarning ham omadi kelib qoladi. Shuningdek, bu erda VAR ham bor. Oldinlari VAR bo'lmagan paytda "Barselona" shunday taktikada o'ynaganda bu o'zini oqlagan bo'lardi. Agarda VAR bo'lmaganida hakam o'z qarorlarini o'zgartirmagan bo'lardi. VAR bo'lgani uchun istalgan futbolchi oxirigacha o'ynamoqda. Hatto 4 himoyachi 1 hujumchiga qarshi bo'lgan taqdirda ham 60 metrga yugurish kerak bo'lsa, yugurish kerak. Keyin esa ofsayd borligi aniq bo'ladi. Yugurish uchun esa qancha vaqt sarflandi. "Barselona"da hozir yosh futbolchilar ko'p, ular juda katta yuklamali ishlar qilishmoqda. Bu juda qiyin, "Inter" esa bundan foydalanib ketdi.

- Ayni damda "Dinamo" 3-o'rinda bormoqda. Jamoaning endigi maqsadi qanday bo'ladi?

- Menimcha mavsum startidan oldin barcha jamoalar o'z oldiga bitta maqsad qo'yadi: chempionatni yutish. Qolgani esa ishlarning rivojiga qarab o'zgarib boradi. Bizda vazifalar o'zgarmagan. Kimdir yo'l-yo'lakay omadsizlikka uchrasa vazifasini o'zgartiradi. Bizda esa o'zgarish yo'q - maydonga chiqish va bor imkoniyatni ishga solib, g'alaba qozonish. 

Reyting: +2   

Fikrlar

   
10 may 05:34:14
ABDUSALOM ZHURAEV
Жумавойнинг ягона голи Динамога 3 очко келтирди.
   
10 may 00:56:27
Odil Rofeyev
Фрайдейни хужум марказида синаб куриш керак. Мирахмадов билан узокга бормаймиз
   
10 may 00:56:08
Odil Rofeyev
Фрайдейни хужум марказида синаб куриш керак. Мирахмадов билан узокга бормаймиз
   
10 may 00:55:44
Odil Rofeyev
Фрайдейни хужум марказида синаб куриш керак. Мирахмадов билан узокга бормаймиз
   
10 may 00:48:08
mirabzal
Вадим айёр тулки
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика