So’nggi yangiliklar

08:40"Насаф" Ўзбекистон МТЖ аъзосига қизиқиш билдирмоқда  0 08:06Sofascore. Кечаги учрашув қаҳрамонлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:40"Арсенал"нинг асосий футболчиси жароҳат олди  0 03:48Ислом Исмоилов: "Италия билан бир жойда яшаяпмиз. Саудия Арабистони билан ҳам шундай бўлганди"  7 03:03ЖЧ саралаши. Швейцария ва Грецияда ғалаба, Дания ўз уйида Беларусни мағлуб этолмади ва бошқа натижалар  0 02:03ЖЧ саралаши. Испания Грузияга жавобсиз 4 та гол урди, Туркия, Австрия ва Уэльсда ҳам ғалаба  0 01:17U-17 ЖЧ. Нимчорак финал ўйинлари вақти маълум бўлди  11 00:30Суперлига. "Динамо" – "Андижон" 2:0  0 00:25U-17 Жаҳон чемпионати. Хорватия - Ўзбекистон 1:1 (пенальтилар 3:4)  4 00:20Хорватия U-17 бош мураббийи: "Пенальти лоторея эмас. Ўсмирларни йиғлаб турган ҳолатда кўриш оғир"  13 23:42Ўртоқлик ўйинлари. Бразилия Сенегални, Чили эса Россияни мағлуб этди  0 22:57U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди  269 22:37"Барселона", "Бавария" ва "Манчестер Юнайтед" Влахович атрофидаги вазиятни кузатиб бормоқда  3 21:28ЖЧ саралаши. Қозоғистон ўз уйида Бельгия билан дуранг ўйнади  17 21:21Ўзбекистон МТЖ. Алижонов бугунги машғулотда иштирок этмади  5

Vadim Abramov: "Qurada "Dinamo"ga 13 yoki 14-sharcha tushishini taxmin qilgandim" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Qurada "Dinamo"ga 13 yoki 14-sharcha tushishini taxmin qilgandim"

O'tgan haftada "Dinamo" jamoasi BAA yig'inidan qaytdi va hafta yakunida Superliga yangi mavsumiga qura tashlanib, jamoamizning taqvimi malum bo'ldi.

Bu borada jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramovning fikrlari bilan qiziqdik.

O'tgan haftada "Dinamo" jamoasi BAA yig'inidan qaytdi va hafta yakunida Superliga yangi mavsumiga qura tashlanib, jamoamizning taqvimi malum bo'ldi. Bu borada jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramovning fikrlari

- Vadim Karlenovich, Abu-Dabi yig'ini yakunlari haqida so'zlab bersangiz. "Dinamo" BAAda nomdor jamoalarga qarshi o'ynadi. Yig'in jamoa uchun qay daraja foydali o'tdi?

- Abu-Dabi yig'ini ancha samarali o'tdi, desam bo'ladi. Sababi, birinchi kundanoq biz kuchli raqiblarga qarshi o'yinlarga kirishdik. Dastlabki kunda Valeriy Karpin qo'l ostidagi "Rostov" bilan o'ynadik, 3 kun o'tib Rossiya chempioni "Zenit", so'ng Qatar olimpiya jamoasi, Saudiyaning "Al-Fayha" va "Al-SHabob" klublari bilan uchrashdik. Rossiya klublariga qarshi dastlabki ikki bahs omadsiz o'tdi. O'yingacha etib kelish, o'yin kungi ertalab o'tkazilgan mashg'ulotlar jamoani biroz toliqtirgandi. Qolaversa, biz Toshkentda suniy qoplamada tayyorgarlik ko'rib, Abu-Dabidagi tabiiy maydonlarga moslashishga vaqt kerak bo'ldi. Agar, "Rostov" va "Zenit" bilan yig'in boshida emas, oxirida o'ynaganimizda natija boshqacha bo'lishi mumkin edi. CHunki yig'in yakunida biz uchrashgan Saudiya klublari ham ancha nomdor tarkibi bilan Osiyoda o'z o'rniga ega bo'lgan klublar edi va ular bilan tengma-teng o'yin ko'rsatdik. Umuman olganda, yig'inda tayyorgarlik bilan birga nimalarga qodirligimizni bilib oldik.

- Kuni kecha Superliga yangi mavsumiga qura tashlandi. Ko'pchilik qurada eng qiyin taqvim aynan "Dinamo"ga tushgani haqida gapirmoqda. Bu siz uchun ham kutilmagan hol bo'ldimi?

- Yo'q, so'nggi paytlarda qura tashlanganda hech narsa meni hayratlantirmay qo'ygan. Bizga 13 yoki 14-sharcha tushishini oldindan taxmin qilgandim. Bu men uchun hayratlanarli emas. Bir tomondan, farqi nima, baribir taqvim bo'yicha hamma jamoa bilan o'ynab chiqish kerak, deymiz. Ammo bu erda ketma-ket uch o'yinni yuqori o'rinlarga davogar jamoalarga qarshi boshlash qanday oqibatlarni keltirishi ahamiyatga ega. Aytaylik, mavsum startidan 2-3 tur o'tib, bunday raqiblar bilan uchrashsak, bu boshqa masala edi, ammo startdayoq uchrashish, natijalarga tasir etmay qo'ymasligi mumkin. Kuchli raqiblarga qarshi ketma-ket uch o'yinda kurashish uchun malum darajadagi jangovar tarkibga ega bo'lish talab etiladi. Yani, jarohatsiz va boshqa muammolarsiz.

Umuman olganda, qurada Berger tizimi bilan kim tanish bo'lsa, ular uchun hamma narsa tushunarli. Qurada bunday raqiblar tasodifan tushadi, jarayon shaffofligi va uni o'tkazayotganlar barchasini haqqoniy qilishlariga shubham yo'q. "Dinamo"ga ham ilk turlardanoq bunday taqvim tushishi tasodif. Ammo qura jarayoniga klublar vakillari chaqirilmasligi hayron qoldiradi. Odatda, xorijdagi qura jarayonlarini kuzatganimizda, klub vakillari chaqirilganini ko'ramiz. SHu bois yanada shaffof bo'lishi uchun qura jarayonlarida klublardan vakillarni chaqirishlarini istardim.

- "Dinamo" mavsum startini Samarqanddagi uy maydonida emas, Jizzaxda o'tkazadi...

- Futbol – eng avvalo muxlislar uchun. Jamoani elitaga qaytardik, Samarqandda Superliga o'yinlarini sog'inishgan, mavsum startini ular katta bayram sifatida kutishadi, ammo hozircha o'z maydonimizda o'ynay olmaymiz. Umuman olganda, maydonimizdagi yaxshi chim olib tashlangani meni hayron qoldirdi. CHunki maydonimizdagi yangi chim qanday bo'ladi, hali bilmayman. Mavsum startidan ko'p o'tmay, maydon tayyor bo'lishini aytishgan. Umuman olganda, bu borada menda savollar ko'p. Sug'orish tizimi bo'lishi kerak, deyishdi. Xo'p mayli, ammo nega yaxshi turgan chimni to'liq olib tashlashdi, ochig'i tushunmayman. Umid qilamanki, yangi maydonimiz imkonqadar tezroq tayyor bo'ladi va biz minglab muxlislarimiz qarshisida, ularni qo'llab-quvvatlashlarini his qilgan holda o'ynaymiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика