So’nggi yangiliklar

01:56Меҳди Тареми: "Жамоадошларимдан 10 нафари пенальти тепишдан бош тортди. Ўзбекистонга қарши пенальтини тепа олмаган футболчидан Жаҳон чемпионатида фойда бормикан?"  2 01:08Амир Ғалинои: "Ўзбекистон иккинчи бўлимда умуман дарвозамизга хавф сололмади. Босимимиз шунчалик кучли бўлдики, "Манчестер Сити" футболчиси майдондан четлатилди"  12 00:56Асилбек Алиев: "Айбдор эканимни тан оламан ва чин дилдан афсусдаман"  13 00:43Элдор Шомуродов: "Каннаваро ўйин услуби, тактик томонлама янгиликлар киритяпти"  2 00:32Акмал Мозговой: "Бир киши кам бўлсакда охиригача турдик, пенальтилар сериясида омадимиз келди"  3 00:24Фабио Каннаваро: “Январь ойида маҳаллий футболчилар учун йиғин ўтказамиз, у ерда ёшларга имконият берамиз”  9 00:13Қозоғистон ўртоқлик ўйинида Фарер оролларига ютқазди  6 23:46U-17 Жаҳон чемпионати. Австрия Англияни йирик ҳисобда ютди. Япония Шимолий Кореяни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Марокаш ва Швейцария ҳам кейинги босқичда  1 23:25Ал Айн Халқаро Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 0:0 (пенальтилар 4:3)  28 23:21ЖЧ саралаши. Ироқ 90+17 дақиқада ғалаба голини уриб, БААни мағлубиятга учратди ва қитъалараро плей-офф босқичига йўлланма олди!  20 23:13Норвегия Жаҳон чемпионатига чиққанини Осло марказида нишонлади  2 23:08Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди  379 22:46Рафинья "Барселона" машғулотларига қайтди  0 22:25Ислом Исмоилов бутсалар ҳақида: "Бугун ўйин давомида ярим жамоа оёғида туролмади. Бу эътибордан четда қолдириладиган нарса эмас"  24 21:56Ислом Исмоилов: "Провокацияга учмасликни юз марта эмас, минг марта тушунтиргандик. Шу сабабли унга танбеҳ бердим. Ҳозир ҳаммаси яхши"  39

Vadim Abramov: "Dinamo" bilan to'qnash keladigan barcha jamoalarning qizil kartochkalari bekor qilinmoqda. Dastlab "Olimpik" keyin esa "Andijon". "So'g'diyona" ham bemalol qizil kartochka olaversin, baribir bekor qilinadi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Dinamo" bilan to'qnash keladigan barcha jamoalarning qizil kartochkalari bekor qilinmoqda. Dastlab "Olimpik" keyin esa "Andijon". "So'g'diyona" ham bemalol qizil kartochka olaversin, baribir bekor qilinadi"

Superliga 11-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Dinamo" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida

- Hech qanday sharh yo'q. Raqibimiz yaxshi jamoa edi. Ularni yaxshi o'rganib chiqdik. O'tgan uchrashuvda alamli tarzda mag'lub bo'lgandik. "Olimpik"ga qarshi kechgan uchrashuvda xatoga yo'l qo'ygan futbolchi bugun gol urdi. Bu meni quvontirdi. Birinchi davra yakunlanishiga ikkita uchrashuv qoldi. So'ngi uchrashuvlarni yaxshi o'tkazib olishimiz kerak.

- Vohidjon Oqbo'taevni Sanjar Tursunov bilan janjallashib ketgani uchun o'zgartirdingizmi?

- Yo'q. Biz taktik o'zgarishga qo'l urdik. Unda sariq kartochka bor edi. Bundan avvalgi uchta o'yinni yoshlar ligasidagi qizil kartochkasi sababli o'tkazib yuborgan edi. Bunday emociyalarga berilish noto'g'ri. SHu sababli uni zaxiraga oldim.

- "Olimpik" qarshi o'yindan keyin himoyamiz yaxshi o'ynay olmadi degan edingiz. "Dinamo" himoyachilarining bugungi o'yinidan qoniqdingizmi? Jamoangiz bugungi uchrashuvda gol o'tkazib yubormadi.

- Biz juda kam o'yinlarda gol o'tkazib yubormayapmiz. Adashmasam, bu endigina ikkinchi "quruq" o'yinimiz. Bugun gol o'tkazib yubormadik. Himoyachilarga etirozim yo'q. "Lokomotiv" ham uzun paslar orqali o'ynadi va bizning vazifamizni ancha osonlashtirdi. Raqibimiz ham bizdan bunday uslubdagi o'yinni kutmagandi menimcha.

- "Lokomotiv" joriy mavsumda asosan besh nafar himoyachi bilan o'ynayotgandi. Bugun "Temiryo'lchilar" to'rtta himoyachi bilan o'ynagani siz uchun yangilik bo'ldimi?

- Yo'q. Biz "Lokomotiv"ni o'rganib chiqqan edik. Jamoaga yangi bosh murabbiy kelishiga qaramay, biz raqibni ancha o'rgangan edik. Bugun deyarli muammolarga duch kelmadik. Hisob biz uchun ancha qulay edi.

- "Olimpik" jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng bor yo'g'i uch kun o'tdi. Siz o'yin sanasi ko'chirilmagani haqida noligan edingiz. Lekin futbolchilaringiz tiklanishga ulgurishganini isbotlashdi va jismoniy holat bo'yicha raqibdan ustunroq ko'rindi.

- Bugun g'alaba qozondik. Bu esa jismoniy tomonlama tiklanib olganimizdan dalolat. 22 iyunda yana o'ynaymiz. Ertaga dam olish kuni. Indinga yana Samarqandda yig'ilamiz va tayyorgarlikni boshlaymiz. Bunday holatlarda rotaciya qo'l keladi. Doktorlarning ishi ko'paymoqda. Biz ko'p sariq kartochkalar ishlab olyapmiz. Nega bunday bo'layotganini bilmayman. To'pga kurashish vaqti ko'p xatoga yo'l qo'yayotgan bo'lishimiz mumkin.

- Birinchi davra yakunlanishiga bor yo'g'i ikkita uchrashuv qoldi. Keyingi raqib "Andijon" jamoasi. Andijonliklarga qarshi barcha jamoalar qiynaladi. Undan keyingi raqib esa "So'g'diyona". Kecha "So'g'diyona" kimni mag'lub etganidan xabaringiz bor. So'ngi ikki bahs haqida gapirib o'tsangiz?

- "Andijon" kurashuvchan jamoa. Biz kubokda "Andijon" bilan o'ynagan edik. Kecha "Andijon" 9 kishi bo'lib durang qayd etdi. Meni bir anana hayron qoldirmoqda. "Olimpik" safida bizga qarshi o'yinda ishtirok etgan futbolchi bundan oldin qizil kartochka olgan ekan va u o'yinni o'tkazib yuborishi kerak bo'lgan. Lekin qizil kartochka bekor qilinibdi. "Andijon" futbolchisi so'ngi uchrashuvda olgan qizil kartochkasini ham bekor qilingani haqida hozir bilib oldim. Bu bizga qarshi yaxshi anana bo'lib qoldi. Bizning o'yindan oldin raqiblarimizning kartochkalari bekor qilinyapti. "So'g'diyona"ga ham bemalol qizil kartochka olaverishni maslahat beraman. CHetlatish keyinchalik baribir o'z ko'chini yo'qotadi.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика