Islom Ismoilov butsalar haqida: "Bugun o'yin davomida yarim jamoa oyog'ida turolmadi. Bu etibordan chetda qoldiriladigan narsa emas"
18 noy 22:25
Yangiliklar
Islom Ismoilov butsalar haqida: "Bugun o'yin davomida yarim jamoa oyog'ida turolmadi. Bu etibordan chetda qoldiriladigan narsa emas"
Uchrashuv davomida o'zbekistonlik futbolchilar ko'p marta maydonda sirpanib ketishdi, bunga plastmassa tishli butsalar sabab bo'lgan bo'lishi mumkin. Murabbiy ushbu holatga izoh berdi va muammoga aynan butsalar sababligini tasdiqladi.
"Terma jamoani qabul qilib olganimda ham bu narsaga qarshi kurashganmiz. Terma jamoa azosida 2-3 juft butsa bo'lishi shart deb doim aytib kelamiz. Har xil maydon bo'ladi, sharoit har xil. Bu to'g'risida juda ko'p marta ogohlantirganmiz, agar mening gaplarim noto'g'ri bo'lsa, biror futbolchi chiqib gapirsin. Futbolda mayda detallar bo'lmaydi. Bugun o'yin davomida yarim jamoa oyog'ida turolmadi. Uchinchi golda ham futbolchi oddiy holatda yiqilib tushdi. Bu holatlar baribir o'yinga tasir ko'rsatdi. Xayronman, futbolchilarga buni takror va takror aytganmiz. Bu etibordan chetta qoldiriladigan narsa emas. Futbolchilardan doim professionallikni talab qilamiz, ammo bugun shunday narsa sodir bo'ldi", -deydi Islom Ismoilov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar
Chunki ko'pincha katta biznes egalari mahsulot sifati haqida xabardor bo'lolmaydi, chunki o'rtada yolg'on ma'lumot beradiganlar bo'ladi.
Худо хохласа бу боллар бунданда кучайиб қайтишади.
Исломжон СИЗГА ҳам рахмат.келгуси Ишларга омад.