So’nggi yangiliklar

01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  0 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  55 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38

Vadim Abramov: "Armanda har doim variant bo'ladi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Armanda har doim variant bo'ladi"

Bugun bo'lib o'tgan "Bunyodkor" - "Surxon" uchrashuvida mezbonlar yirik hisobda zafar quchishdi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida "Bunyodkor" bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi.

- Og'ir o'yin bo'ldi, - deya o'z fikrini bildirdi Vadim Karlenovich, - Ob-havoni o'zingiz ko'ryapsiz. O'ylashimcha, bugun haqli ravishda g'alaba qozondik. Yigitlarga shijoat ko'rsatishgani uchun rahmat aytaman. Ikkinchi davra endi boshlandi, sekin-asta hammasi o'z ishiga tushib ketadi. Xohlardimki, Superliga o'yinlariga ko'proq muxlis kelsa. O'z maydonimizda to'p tepishni boshlaganimizdan so'ng muxlislar soni ko'proq bo'ladi deb o'ylayman.

- Jasur Jaloliddinov zaxirada qoldi va o'yinning oxirlarida maydonga tushdi. Bu nima bilan bog'liq?

- Men tarkibni asosan raqibga qarab tanlayman. Futbolda shunday: hammaga imkon berish kerak. Qolaversa Jasur Jaloliddinov ancha yosh va uni birdaniga hamma o'yinga tushiraverib qiynab qo'yish kerak emas. Jasur hali ko'p amaliyotga ega bo'ladi.

- Avvallagi yillari ko'rganmizki, "Bunyodkor" ayniqsa kuz oylariga kelib toliqib qoladi. Bu yil shunday bo'lmasligi uchun nima qilish kerak deb hisoblaysiz?

- Bilasizmi, bizda "Armanda har doim variant bo'ladi" degan gap yuradi. SHunday ekan, men ham bunday bo'lmasligi uchun nimadir variant o'ylab topishga harakat qilaman. Qani oktyabr-noyabr oylari kelaversin-chi, keyin bu savolni o'ylab ko'ramiz.


Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика