So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  2 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Otabek Narzullaev mag'lubiyat sababini aytdi Yangiliklar

Otabek Narzullaev mag'lubiyat sababini aytdi

Superliganing 20-turi doirasida "Neftchi" - "Mashal" bahsi yakunlanganidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Otabek Narzullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yinni yaxshi boshladik. Xatolarimiz qimmatga tushdi. Bu bahona bo'lmaydi. O'tgan o'yindan keyin yo'l azobi bo'ldi va futbolchilarni tiklashga ulgurmadik. Shu sababli o'yin qiyin bo'ldi. 

- Jamoa o'tgan turda "Andijon"ni mag'lub qildi. Bugun jamoaga nima etishmadi.

- Bugun charchoq evaziga mag'lub bo'ldik deb o'ylayman. Chunki biz "Andijon"ga qarshi o'yinda katta kuch yo'qotdik. Keyin yana yo'l, Toshkentgacha, keyin Farg'onagacha. Xohlaymizmi yo'qmi, futbolchilarda charchoq bor edi. O'yinni yaxshi boshlagandik, 15-20-daqiqalardan keyin xatolar qilishni boshladik va gollar qo'yib yubordik. Charchoq evaziga koncentraciyani yo'qotdik va xatolar evaziga gollar qo'yib yubordik.

- Bugungi mag'lubiyatda darvozabonning qanchalik aybi bor?

- Endi bu futbol. Darvozabonimiz balki xato qilgandir, balki xato qilmagandir. O'yinni ko'rib taxlil qilib, keyin aytishim mumkin. Xato hammamizniki. Murabbiylar, futbolchilar, shu klubda ishlayotgan barchaning xatosi bu. Biz xato qilayotgandirmizki, ishlashda davom etamiz. Keyingi o'yinlarda bu xatolarni qilmaslikka harakat qilamiz.

- "Mashal" yoshlar bilan yaxshi ishlaydi. Klubning o'z akademiyasi bor. Siz o'rinbosarlar jamoasi o'yinlarini kuzatib borasizmi?

- Yoshlarimizning har bir o'yiniga boramiz. O'yinlarimiz yaqin bo'lmasa borib ko'ramiz. Chunki biz yoshlarni ko'proq o'ynatishni xohlaymiz. "Paxtakor"ga qarshi kubok o'yini bor, o'sha bahsda bir qancha yoshlarni sinab ko'rmoqchimiz. Bugun yosh futbolchimiz Farruh Toshpo'latovni 10 daqiqaga maydonga tushirdik, bu u uchun debyut o'yin. "Neftchi"dek jamoaga qarshi o'yinda yomon taassurot qoldirmadi. Bunday yosh futbolchilar bizning U21, U19 jamoalarimizda juda ko'p. Ularga sekin-sekin imkoniyat berishimiz kerak. Bizda ham asosiy tarkibda futbolchilarimiz ko'p. Shuni inobatga olib, yoshlarga doim ham imkoniyat bera olmayapmiz. Nasib bo'lsa o'z ochkolarimizni yig'ib olsak, asosiy tarkibdagi bir qancha futbolchilarning o'rnini yoshlar bilan to'ldirmoqchimiz. Bu borada klubdagilar, jamoadagilar ham ishlamoqda. Bundan keyin ham yoshlarga imkoniyat qaratishga harakat qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика