So’nggi yangiliklar

14:19Тебас: "ЛаЛига ва АПЛ ФИФАни судга бермоқчи"  2 13:46Балотелли: "А Серияни "ёриб" ташлайман"  4 13:13"Барселона" ФИФАдан 6,3 млн. евро олади  2 12:23Антонио Кассано: "Мен ҳеч қачон ичмаганман ва чекмаганман. Фақат битта ёмон одатим бўлган: очкўзлик"  5 12:06"Навбаҳор" собиқ устози: "Тухель Саутгейтдан кўра мосроқ"  3 11:29БАА бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши қийин ўйин кутиб турибди"  15 11:07Биласизми? Ўзбекистон - БАА учрашувини Осиё кубоги финалида 3та пенальти белгилаган ҳакам бошқаради  25 10:41Клоппнинг "Ред Булл"даги ойлиги маълум   0 10:17Лионель Месси Ўзбекистон ёшлари билан кўришди. Муҳаммадали Ўринбоев эса "жек"ни урди   7 10:07"Манчестер Сити" Холандга ўринбосар топди  0 09:35"Арсенал" АПЛнинг икки нафар футболчиси учун 80 миллион фунт сарфлашга тайёр  0 09:03"Барселона" АҚШга кетган собиқ футболчилари учун пул тўлашда давом этади  4 08:31Суперлига. Бугун "Навбаҳор" Самарқандда меҳмон бўлади  10 07:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси ЖЧдаги омадсизликлардан сўнг ФИФА рейтингида анча пастга тушиб кетди  16 07:27Про лига. Бугун 20-турнинг қолдирилган баҳси бўлиб ўтади  1

Usmon Toshev: "Rasman bosh murabbiymanmi yo yo'qmi, bu men uchun muhimi emas" Yangiliklar

Usmon Toshev: "Rasman bosh murabbiymanmi yo yo'qmi, bu men uchun muhimi emas"

Teglar :  Usmon Toshev
Bugun to'rtta terma jamoa ishtirokida "CAFA U-16 Championship" musobaqasiga start beriladi. Bunda O'zbekiston, Afg'oniston, Qirg'iziston va Tojikiston jamoalari ishtirok etadi.

Kecha bosh murabbiylar ishtirokida matbuot anjumani tashkil qilindi. Bunda murabbiylar bir nechta savollarga javob qaytarishdi. Bizni qiziqtirgan mavzu esa ko'proq Usmon Toshevning fikrlarini eshitish edi. SHu bois matbuot anjumani yakuniga etgach, Toshevdan alohida intervyu oldik.

- Usmon Qudratovich, avvalo ushbu yoshdagi terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanishingiz qanday ro'y berdi?
- Hammasi joyida. Menga O'FA rahbariyatidan taklif bo'ldi va buni jon deb qabul qildim. Menga 65 nafar futbolchidan iborat ro'yxatni taqdim etishdi va ulgurganimcha eng yaxshilarini saralab oldim. Tarkibimizda "Bunyodkor", "Paxtakor", "Nasaf" tarbiyalanuvchilaridan tashqari Xorazmdan ham funbolchi bor. Avvallari o'zim ham o'ylab qolardim: nima uchun aksar terma jamoalarga faqat "Bunyodkor" bilan "Paxtakor"dan futbolchi olishadi deb. Keyin qarasam, bu jamoalarda o'ynayotganlarning ko'pi viloyatlardan ekan. Asl toshkentlik futbolchilar juda kam. Selekciya jarayonida yordamchim Baxtiyor bilan o'yinlarga bordik, mashg'ulotlarni ko'rdik va shu orqali o'yinchilarni saralab oldik. 29 iyundan yig'ilib to'rtta mashg'ulot orqali musobaqaga tayyorgarlik ko'rdik.    

- Bilishimcha, O'FA Usmon Toshev U-16 terma jamoasiga bosh murabbiy bo'ldi deb rasman elon qilgani yo'q. SHundan kelib chiqib siz sinov muddati asosida ishlayapsizmi yoki buyruq chiqqanmi?
- Bu savol hammaga qiziqarli bo'lishi mumkin. To'g'risi, bunga o'zim ham ahamiyat bermabman, yani buyruq chiqqanmi-yo'qmi, bilmayman. Lekin bu men uchun muhimi emas. Asosiysi meni taklif etishdi va turnirda yaxshi ishtirok etishimiz kerakligini aytishdi. "CAFA U-16 Championship" tugaganidan keyin 2002 yilda tug'ilgan bolalar jamoasi tarqalib ketadi va biz eng yaxshilarni 2001 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat terma jamoaga jamlaymiz. Mening hozir bor etiborim yaxshi futbolchilarni tanlab olishga qaratilgan, rasman bosh murabbiymanmi yoki yo'qmi, bu ikkilamchi masala.  

- Malumki, oxirgi ishlagan jamoangiz "Andijon" klubi bo'lgandi. SHundan beri nima ishlar bilan mashg'ul bo'ldingiz?
- Yaxshi bilasiz, men FIFA va OFK yo'riqchisi bo'lib ham ishlayman, yani murabbiylarga dars o'taman. SHu bois asosan murabbiylarni o'qitish bilan mashg'ul bo'ldim. Qolaversa, Pro-liga "B" guruhida qatnashayotgan "G'ijduvon" jamoasida maslahatchi bo'lib ishladim. Bir so'z bilan aytganda, futboldan chiqib ketganim yo'q, doim shu soha ichidaman. Bu orada biznes ham qilmadim, birdaniga futbol borligi esimga tushib qaytganim ham yo'q. Hamisha futbol bilanman. 30-35 yildan beri shuning ichidaman deya olaman.  

- Oxirgi yillarda asosan kattalar jamoasida ishlab keldingiz. Yoshlar va bolalar futboli esa butunlay boshqa olam. Bunda doim bolalarga nimadir o'rgatish, hatto holidan xabar olib turishga to'g'ri keladi. SHuni hisobga olib savol beradigan bo'lsam, bolalar futbolidan uzoqda emasmisiz?
- Men bunday deb o'ylamayman. CHunki shu paytgacha asosan "S" licenziyasi kurslarida dars bergan bo'lsam, bu licenziya uchun bolalar bilan ishlaydigan murabbiylar tahsil oladi. Men murabbiylarni o'qitaverib bolalar futbolidan ham xabardor bo'lganman. Ikkinchidan esa kattalar futboli bilan bolalar futboli o'rtasidagi farq birinchi navbatda psixologiyada deb o'ylayman. Mashqlar esa hammada bir xil olib boriladi. To'g'risi, men uchun bolalar futbolida ishlash qiziq tuyuldi. Bu menga yanada katta masuliyat yuklaydi.

- Ko'pchilik bilan gaplashganimda siz haqingizda shunday fikr bildirishadi: Usmon Toshev yaxshi murabbiy, lekin u kishi ko'proq yo'riqchiligini davom ettirgani maqul, agar birorta jamoada ishlasa baribir "oqsaydi" deyishadi. Bunga munosabatingiz?
- "Oqsaydi" deganingizni qanday tushunish kerak? SHu paytgacha qaerda "oqsabman"?

- Masalan, o'tgan yil "Andijon"ni oliy ligaga olib chiqaman deb vada berib keyinchalik vadani bajara olmay ketib qolganingiz...
- "Andijon" haqida gapiradigan bo'lsam, men bu jamoani qabul qilib olganimda peshqadam "Cementchi"dan 7-10 ochko orqada edik. Biz yutyapmiz - "Cementchi" ham yutyapti, yana biz yutyapmiz - "Cementchi" ham yutyapti. Bunday holda qanday qilib o'zib keta olamiz? Men "Andijon"dan yomonotliq bo'lib ketganim yo'q, ana ishonmasangiz jamoa azolaridan so'rang. CHetdagi odamlarning gapiga ko'p ham etibor beravermang, odamlar har xil gaplarni gapiraveradi. Siz yaxshisi kimligimni jamoa ichidagilardan so'rang. Futbolchi va mutaxassislardan so'rang, ular mening qanday odamligimni aytib berishadi.

- Baribir tinchgina dars berib yurgan maqul emasmi?
- 2000 yildan beri professional murabbiy bo'lib ishlab kelyapman va bu orada bir qancha futbolchi, murabbiy tayyorladim. Statistika hammasini aytadi. O'z paytida "Buxoro", "Nasaf" klublarini boshqardim. Bir yili "Buxoro" bilan 5-6 o'rinlarni olgandik. SHu o'rinda bir gapni aytib ketishni hoxlardim: futbolga chetdan kelib qancha odam ishlab yuribdi, nimagadir hamma ularni maqtaydi. Biz shuncha yil futbol ichida jon koyitib yursak-da, nima uchundir odamlar faqat bizni gapiradi.

- Oxirgi savol. Hozirgi ishlayotgan jamoangizda murabbiylar shtabida sizga kimlar yordam beryapti?
- Birinchi navbatda Baxtiyor Dadamatov. Darvozabonlar bilan Yuriy Coy ishlayapti. Vladimir Borisovich degan shifokorimiz va Aziz ismli massajchimiz bor. Yaqinda SHukurjon degan yigitni administrator qilib ishga oldik.  

X.Xoliqov suhbatlashdi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика