Umarali Rahmonaliev: "APLda o'ynashni xohlardim"
27 noy 2024 17:42
Yangiliklar
Umarali Rahmonaliev: "APLda o'ynashni xohlardim"
Qozonning "Rubin" klubi safida to'p tepayotgan hamyurtimiz Umarali Rahmonaliev o'z kuchini Angliya chempionatida sinab ko'rishni orzu qilishi haqida gapirib o'tdi.
Rahmonaliev O'zbekiston U-20 terma jamoasi bilan Osiyo chempioni bo'lgan. 2023 yilning yanvaridan boshlab "Rubin" safida 27ta o'yinda maydonga tushgan va ikkita golli pas bergan.
"Angliya Premer ligasida o'ynashni xohlardim. Ularda hujum, himoya va fikrlash juda tez. Bu aynan menga yoqadigan narsa. Qolaversa, u erda mening sevimli jamoam o'ynaydi, shuning uchun ham u erda to'p tepishni xohlayman. Rossiya Premer ligasini ularning chempionatiga qiyoslash mumkin, ammo buning uchun ko'proq hujumga o'tib, ko'proq nostandart o'ynash kerak", - dedi Rahmonaliev "RIA Novosti"ga bergan intervyusida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar