Ulug'bek Bakaev: “Mashal” himoyada yaxshi o'ynadi”
12 sen 2024 20:19
Yangiliklar
Ulug'bek Bakaev: “Mashal” himoyada yaxshi o'ynadi”
O'yin haqida
- “Mashal” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Uchrashuv boshidayoq yuzaga kelgan birgina xato ortidan gol o'tkazib yubordik. SHundan so'ng hujumkorlikni oshirdik, o'yinni nazorat qilishga intildik. Birinchi bo'limda ham imkoniyatlarimiz bo'ldi, biroq u qadar ko'p emasdi. Ikkinchi bo'limda faollikni yanada oshirdik, zaxiradan yangi kuchlarni o'yinga tashladik. Biroq etirof etish joiz, “Mashal” himoyada yaxshi turib berdi. Umuman aytganda, hisobda emas, o'yindagi ustunligimizni ko'rsata oldik. Yigitlarga uchrashuv davomidagi faollik uchun minnatdorchilik bildiraman.
- Penalti belgilangan vaziyat haqida fikringiz qanday? O'sha tezkor bo'lmaganida o'yin boshqacha natija bilan tugashimi mumkinmidi?
- Gol o'tkazib yuborish ruhiyatga tasir ko'rsatmasdan qolmaydi. Biroq, fakt bu fakt, etirozga o'rin yo'q. “Mashal” yutdimi, yutdi. Navbatdagi uchrashuvlarga munosib tayyorgarlik ko'rib, zimmamizdagi vazifani uddalashga astoydil harakat qilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar