So’nggi yangiliklar

09:25“Барселона“ “Эл Класико“ олдидан икки футболчисини қайта тиклаганини эълон қилди  1 09:24Суперлига. Бугун 9-тур якунланади  0 08:51“Пахтакор“ “Бухоро“ни йирик ҳисобда мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:23Sofascore. “Ризеспор“ мағлуб бўлган баҳсда Алиқулов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:56ОФК Чақирув кубоги. Қўшниларимиз бош совринга эга чиқишди  4 07:25Мессининг голи ҳам “Интер Майами“га йирик мағлубиятдан қутилиб қолишга ёрдам бермади  5 01:59ЛаЛига. "Атлетико" Сорлотнинг 23 дақиқадаги покери эвазига йирик ғалаба қайд этди  1 01:18Муҳаммад Салоҳ: "Буни ҳеч ким кутмаганди"  4 00:44Камолиддин Тожиев: "Морейра штабида ишлашим керак бўлганди"  17 00:09Илёс Зейтуллаев: "Қаршида "Насаф"дан очко олиш кўп нарсаларни англатади"  2 23:57Улуғбек Бакаев: "6:0 ҳисобида мағлуб бўлиш жуда оғриқли"  14 23:38Бундеслига. "Бавария" ўз майдонида ишончли ғалабага эришди, Мюллер "Альянц Арена" билан хайрлашди  4 23:18Рўзиқул Бердиев: "Насаф" ҳозир шу даражага етди-ки, дуранг ҳам ранжитяпти"  30 23:05Суперлига. ОКМКда камбек, "Пахтакор" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди  0 22:58А Серия. "Ювентус" Римда 90+6-дақиқада ғалабани қўлдан чиқарди  18

Ular endi boshqa daraja Yangiliklar

Ular endi boshqa daraja

Xalqaro maydonlarda kurash olib borayotgan ikkala klubimizning ham omadi yurishmayapti.

OCHL Elit muobaqasida qatnashayotgan "Paxtakor" bugun 6-o'yinini o'tkazadi. SHu paytgacha beshta bahsda maydonga tushgan "sherlar" uch durang va ikki mag'lubiyat qayd etishdi. To'plar nisbati 1-3. Bilamizki, Elit turnir G'arb mintaqasida 12ta jamoa kurash olib bormoqda. Hozircha 10-o'rinda borayotgan "Paxtakor" agar bugun g'alaba qozonsa kuchli sakkizlikka kirib oladi, negaki aynan kuchli sakkizlikdagi jamoalar pley-offga yo'l oladi.

Osiyo chempionlar Ligasining amaldagi g'olibi "Al Ayn"da ham vaziyat yaxshi emas. Bu jamoa hozircha g'alaba qozongani yo'q. "Al Ayn" hisobida beshta o'yindan keyin bir durang va to'rt mag'lubiyat bor. To'plar nisbati 9-17. Bu tomondan olib qarasak, bugun "Paxtakor" bemalol g'alaba uchun harakat qilsa bo'ladi.

Nufuzi bo'yicha Elitdan keyingi o'rinda turadigan OCHL 2 musobaqasi ishtirokchisi "Nasaf" esa turnir bilan xayrlashib bo'ldi. Agar jamoa o'tgan tur "Al Husseyn"ni mag'lub etganida yaxshi imkoniyatga ega bo'lardi, biroq hozircha 4 ochko jamg'argan "Nasaf" ertaga "SHabab Al Ahli"ni mag'lub etgan taqdirda ham ikkinchi o'ringa ko'tarila olmaydi.

Pasayish yili

Bu yil o'zbek klublari uchun pasayish yili bo'ldi. Yaxshi, yosh futbolchilar etishib chiqmadi. Ichki chempionatda intriga u qadar kuzatilmadi. Biz uchun oyna vazifasini bajarib berayotgan xalqaro musobaqalar ham buni o'zida aks ettirib kelmoqda. Avvallari "Paxtakor" OCHLda har tugul o'zini ko'rsata olardi. "Nasaf" uchun esa OFK Kubogi o'z musobaqasiga aylanib qolgandi. Lekin bu mavsum nimadir bo'ldi-yu, "Paxtakor" va "Nasaf" ancha kuchsizlanib qolgani ko'rindi.

To'g'ri, "Nasaf" Superliga chempionligini qo'lga kiritdi. Ammo buning uchun o'ta kuchli raqobatni engib o'tdi deya olmaymiz. "Paxtakor" va "Navbahor"da yuz bergan murabbiylar muammosi, OKMKda yuzaga kelgan kadrlar muammosi "Nasaf" foydasiga ishladi va "ajdarlar" bundan unumli foydalanib qolishdi. CHempion jamoa faqat O'zbekistonda emas, balki xalqaro darajada ham O'zbekiston nomidan zo'r o'ynab berishi kerak. Lekin "Nasaf"ning OCHL 2da omadi kelmayapti. 

Bu nima bilan bog'liq? Avvalo futbolchilar salohiyati bilan. Biz bir narsani tushunib etishimiz kerak, ayniqsa OCHL Elit boshqa darajaga ko'tarilib bo'ldi. Endi bu puli borlar va kuchli futbolchilar o'ynaydigan musobaqaga aylanadi. Puli kam jamoalar hamda kuchsiz futbolchilarga "non" yo'q. Demak, OFK bejizga bizga 1+1 o'rin bermagan ekan.

Xavotirli kelasi yil

Kelasi mavsum "Nasaf" chempion sifatida OCHL Elitda qatnashadi. Kubok sohibi "Andijon" esa o'z omadini OCHL 2da sinab ko'radi. Kelasi yil musobaqa yanada kuchayishi hamda etibor ortishini hisobga olsak, "Nasaf" va "Andijon" qanday tayyorgarlik ko'radi va O'zbekiston nomidan qanday qatnashadi - bu bir qator savollarni keltirib chiqaradi.

Hozirgi holat shuni ko'rsatyaptiki, biz OFKdan 1+1dan boshqasini talab qila olmaymiz. Qolaversa klublarimiz to'playotgan ballar ham 1+1dan ortig'iga tortmayapti. CHunki futbol o'ynashni to'xtatib qo'ydik. Oldinlari yoshlar o'zini ko'rsatib, yarq etib porlardi. Lekin hozirgi yoshlarning ko'zi olov yo'q. YO hammani smartfon buzdimi?

Terma jamoamizning JCH saralashdagi eng katta yutug'i va tayanchi legionerlar bo'lib turibdi. Agar terma jamoa faqat mahalliy futbolchilardan iborat bo'lganida biz hozir 2-o'rinda bo'lmasdik. CHunki mahalliy o'yinchilarda kuchayish, yil sayin o'sish ko'rinmayapti. Bitta qandaydir pog'onaga chiqqib keyin to'xtab qolishyapti. Yaxshiyam baxtimizga legionerlar bor, ular hatto Katanecsiz o'ynab ham kerakli ochkolarni yig'ib beryapti. Katanec tarkibni tanlayapti, futbolchilar futbol o'ynayapti. Hozirgi terma jamoamiz o'yini va yutug'i shunda.

Kapadze, Jeparov, Odil Ahmedov kabi sobiq futbolchilarning yoshligi yodingizdami? Ular o'yinga chanqoq bo'lib turishardi. Kapadze-Jeparov tandemi ayniqsa Osiyoda zo'r ish bergan yillarni ko'rdik. Odil Ahmedov yoshligidan CHempionlar Ligasida o'zini ko'rsata olgandi. Nega hozir shunaqa futbolchilar etishib chimayapti? Nega biz xalqaro o'yinlarga o'yin o'tsa bo'ldi qabilida qaray boshladik? Bu ketishda kelasi yil "Andijon" va "Nasaf"dan nima kutamiz? YO qatnashib bersa bo'ldimi? Bu kabi savollarga bugundan javob izlamasak, ertaga kech bo'ladi.

X.Xoliqov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика