So’nggi yangiliklar

11:1838 ёшли Варди нима учун фаолиятини якунлаш нияти йўқлигини тушунтирди  0 10:51Анчелоттига Бразилия термасида кимлар ёрдам бериши маълум  0 10:20Педри “Барселона“ рекордини ўрнатди  7 09:53“Реал Мадрид“ ярим ҳимояни кучайтириш учун учта футболчи номзодини кўриб чиқмоқда  4 09:22Forbes. Дунёнинг энг сердаромад спортчилар рейтинги тузилди  2 08:54Жозе Моуринью фаолиятини терма жамоада давом эттиришга яқин  3 08:23Ямал Роналду билан тенглашиб олди  12 07:55Флик мавсум ҳақида: “Мавсумдаги энг ёқимли лаҳзалар? “Реал“га қарши тўртта классико“  17 07:28Суперлига. Бугун 10-турга старт берилади  1 02:28"Барселона" - Испаниянинг 28 карра чемпиони!  58 01:42Бруну Фернандеш: "Умид қиламанки, келаси йили энг яхшиси мен бўлмайман"  0 00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  4 00:35Альба шартномани узайтарди  0 23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  9

Ukraina bosh murabbiyi: "Favoritlar har doim g'alaba qozonavermaydi" Yangiliklar

Ukraina bosh murabbiyi: "Favoritlar har doim g'alaba qozonavermaydi"

Futzal bo'yicha jahon chempionati 1/8 finalida Niderlandiyaga qarshi o'yindan so'ng (3:1) Ukraina bosh murabbiyi Oleksandr Kosenko saytimizga intervyu berdi.

"Niderlandiya juda yaxshi jamoa. Uchrashuv qiyin o'tdi. Ammo shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman, sababi ular matonat ko'rsatishdi, taslim bo'lmadi va oxirigacha kurashdi. Bu biz uchun juda muhim jarayon hisoblanadi.

SHukrki, barcha rejalarimiz amalga oshmoqda. Mana isbot, chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdik. Endi keyingi raqibga qarshi tayyorgarlik ko'ramiz.

Keyingi raqibimizni ertaga bilib olamiz va g'alaba qozongan jamoaga qarshi tayyorlanamiz. Ispaniya — Venesuela juftligida favoritni ayta olmayman, chunki favoritlar har doim g'olib chiqavermaydi. SHunday ekan, qaysi jamoa ustun kelsa, o'sha jamoaga qarshi shaylanamiz.

SHu o'rinda, bizni qo'llab-quvvatlayotgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ularning qo'llab-quvvatlovi biz uchun juda muhim, ular bizga motivaciya beradi", dedi 54 yoshli mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Ukraina chorak finalda Ispaniya — Venesuela juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика