So’nggi yangiliklar

23:32АПЛ. "Манчестер Сити", "Ливерпуль" ва "Челси" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари билан танишинг  0 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  114 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  2 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  7 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5 19:45Баҳром Ҳайдаров: "Суперлига ва Про лига жамоалари ўртасидаги фарқ сезилмади"  9 19:31Суперлига учун ўтиш ўйини. "Қўқон-1912" – "Металлург" 1:1. Highlights  1 19:17ФИФА ЖЧ-2034 саналарини белгилашда қийналмоқда  5 18:54"Қўқон-1912" пенальтилар сериясига кўра "Металлург"ни мағлубиятга учратиб, Суперлигага йўл олди. Дарвозабон Азизхон Исақов – қаҳрамон!  97 18:28"Бавария" хавбекига рекорд даражадаги шартномани таклиф қилишга тайёр  1 17:59Аморим 16 ёшли вундеркиндни "Арсенал"га қарши ўйин учун қайдномага киритди  15 17:30"Реал Сосьедад" матбуот котиби Файзуллаевга бўлган қизиқиш ҳақидаги хабарларга муносабат билдирди  9

Uch marta jahon chempionatida ishtirok etgan, Portugaliyadan taklif olgan hamda Yaponiyada farzandli bo'lgan Zabihillo O'rinboev haqida hikoya qilamiz (mutolaa uchun) Yangiliklar

Uch marta jahon chempionatida ishtirok etgan, Portugaliyadan taklif olgan hamda Yaponiyada farzandli bo'lgan Zabihillo O'rinboev haqida hikoya qilamiz (mutolaa uchun)

Qahramonimiz sevgan qiziga uylanishida nima asosiy sabablardan biri bo'lganini aytdi.

Zabihillo O'rinboev sportchilar oilasida voyaga etgan. SHu bois, unda "Millionlar o'yini"ga bo'lgan qiziqish erta uyg'ongan. 

Otam va amakim boks sport turi bilan shug'ullanishardi. Sportga butun oilamiz mehr qo'ygan. SHu bois, menda ham bolalikdan qiziqish uyg'ongan. Futbolga kirib kelishimga ilk sababchilardan biri otam hisoblanadi. Aynan otam meni futbol maktabiga olib borgan. 

Yosh iqtidor egasi dastlabki sabog'ini "CHig'atoy" futbol maktabida Yuriy Gaspadarchuk qo'l ostida olgan. Keyinchalik futbol maktabidagi bolakaylarni doimiy kuzatib boradigan Sergey Lushan va Oleg Belyakov yosh yigitchani "Bunyodkor" akadeyamisiga olib kelgan.

"Bunyodkor" akademiyasida boshqa darajadagi chiqqanman. CHunki bu erda barchasi professionallik asosida qurilgandi. SHu erda chinakam futbolni o'rgana boshlaganman.

Murg'akkina "qaldirg'och" professional faoliyatini 2013 yil poytaxt klubida boshlaydi. 

"Bunyodkor" safida endi-endi maydonga tusha boshlagan paytlarim "Al Nassr"ga qarshi Osiyo CHempionlar ligasi doirasidagi bahs men uchun eng yodda qolarli bahslardan biri bo'lgan. O'sha bahsda asosiy tarkibda boshlaganman, o'yin esa 3:3 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlangan. "Bunyodkor"ni hamon sog'inaman. Klubga bo'lgan mehrim bo'lakcha. Men ushbu klub bag'rida ulg'ayganman.

O'rinboev futbolchi sifatida o'z o'rnini topishida Sergey Lushanning xizmatlari beqiyos ekanligini takidladi.

Sergey Lushanga bo'lgan minnatdorchiligimning cheki yo'q. U menga imkon bermaganida, hozirgi darajaga chiqmagan bo'lishim mumkin edi. Lushan menga hamisha ishonch bildirgan, bu ham futbolchi sifatida shakllanishimga katta sabab bo'lgan.

SHu bilan birga, hujumchi 2011 yil 17 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi yig'iniga chaqirilgan va o'sha yili bo'lajak "Oltin avlod" sifatida etirof etilgan terma jamoa bilan 2011 yilda Meksikada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, chorak finalga qadar etib borgan. 

Bizning jamoa "Oltin avlod" sifatida etirof etilardi. Xotiraga boy bo'lgan davrlar edi. Bunday darajani, yirik musobaqalarga ilk bora duch kelishimiz edi. Albatta, barcha futbolchining ham keyingi faoliyati yorqin bo'lmadi. Bunda o'yinchining o'ziga ham ko'p narsa bog'liq. Futbolning masuliyati juda katta, uning uchun ko'p narsadan voz kechish kerak va inson unga o'zini bag'ishlashi lozim. U erdagi do'stlarimning barchasi kuchli futbolchilar edi. Balki masuliyat zimmasi, balki mos murabbiyga yolchimagani bazi futbolchilarga tasir o'tkazgandir. CHunki, shakllanib borayotgan futbolchini to'g'ri yo'lga solishda murabbiy katta rol o'ynaydi. Bugungi kunda ham o'z darajasini saqlab qola olganlar etarlicha.

2013 yil O'rinboev O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan va o'sha yili terma jamoa bilan Turkiyada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, chorak finalga qadar etib borgan.

Forvard 2014 yil Myanma davlati mezbonlik qilgan U-19 Osiyo chempionatida 5 ta gol bilan turnir to'purarlaridan biriga aylangan. Kelasi yil Yangi Zelandiya yashil maydonlarida o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida ham ikkita to'p kiritishga muvaffaq bo'lgan. Bu esa unga xorijiy klublar qiziqishini uyg'otgan. Jumladan, 2015 yil Portugaliyaning "Pasush de Ferreyra" klubidan taklif tushgan, ammo Portugaliya klubi "Bunyodkor" bilan kelisha olmagan.

O'sha vaqtlarda "Bunyodkor" bilan shartnomam mavjud edi, qolaversa, asosiy tarkib futbolchisi edim. Evropa jamoasi esa meni tekinga qo'lga kiritishni istagan. SHuningdek, yana bir qancha agentlardan so'rov kelgan, ammo aniq takliflar bo'lmagan. Istalgan futbolchi chet elga yo'l olishni hamda u erdagi hayotni, futbol muhitini ko'rishni xohlaydi. Haligacha oldinga qo'ygan maqsadlarim bor. Xudo xohlasa, ushbu yo'l sari olg'a borishga harakat qilaman.

Osiyo Futbol konfederaciyasi bir nechta nominaciyalar bo'yicha 2015 yilning eng yaxshilari bo'lishga davogarlarning yakuniy uchlik ro'yxatini elon qildi. Undan O'zbekiston yoshlar (U-20) terma jamoasi hamda “Bunyodkor” klubi futbolchilari Dostonbek Hamdamov, Eldor SHomurodov hamda Zabihillo O'rinboev o'rin olgandi, yakunda esa sovrin Doston Hamdamovga nasib etgan.

Futbol galaktikasida porlayotgan yulduz negadir uzoq vaqt so'nib qoldi. Hujumchi "Bunyodkor" safida 2014 yil 13 sentyabr sanasida "Buxoro" darvozasini ishg'ol qilgach, keyingi golini urishi uchun muxlislar salkam 600 kun kutishiga to'g'ri keldi.

Hujumchi sifatida etarli gol urolmagan bo'lishim mumkin, buni o'zim ham anglab turibman. Futbol bilan bog'liq ko'p narsalar ato etgani uchun Allohga shukr aytaman. Albatta, bunday vaziyatlarda tushkunlikka tushish holati bo'ladi, lekin bu vaqtinchalik. Futboldan ketish haqida umuman o'ylamaganman. Faqat oldinga intilishga harakat qilganman. Mehnat hamisha o'z samarasini beradi, deb o'ylayman. Xoh o'rtoqlik, xoh rasmiy o'yin bo'lsin, har bir gol urolmagan uchrashuvdan keyin ichimdan o'zgacha hissiyotlar o'tadi. Har bir hujumchi har bir o'yinda gol urish uchun maydonga tushadi. Umid va ishonchni hech qachon so'ndirmaslik lozim. Alloh bandasini siylamoqchi bo'lsa, ortiqchasi bilan tuhfa etadi.

2017 yil klub siyosati butkul o'zgardi. Ko'pgina etakchilar jamoani tark etdi. Oxirgilardan biri Zabihillo O'rinboev edi... 

OKMKga Viktor Kumikov kelgach, takliflar ichidan ushbu variantni tanlaganman. SHunchaki, yangi jamoada va yangi murabbiy qo'l ostida to'p tepish niyatim bo'lgan. 

"Bunyodkor"ga hamisha mehrim baland bo'lgan va qalbimning bir burchagidan o'rin olgan. Mening holatimda u erdan ketish uchun sabab bo'lishi kerak emas. O'sha paytlarda bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislar bilan haligacha hol-ahvol so'rashib turamiz.

2018 yil Xitoyda 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo chempionatida Ravshan Haydarov qo'l ostidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritgan. "Qor jangi" deb atalgan final bahsi ko'pchilikning yodidan ko'tarilmagan bo'lsa kerak.

U-23 Osiyo chempionatidan ulkan taassurotlar qolgan. Ilk o'yindagi mag'lubiyat, keyingi yurish... Allohning mehribonligi bilan chempion bo'lganmiz, deb o'ylayman. Ayniqsa, finalda, qorli maydondagi taassurotlarni tariflab bo'lmaydi. Bu futbolchi hayotida bir marta sodir bo'lsa kerak. Murabbiyimiz Ravshan Haydarov har bir o'yinda kuchli motivaciya berardi. U har bir futbolchi bilan o'yindan avval suhbatlashardi hamda o'yinchining ichidagi hissiyotini to'lqinlantirib yuborardi. Bu jihatdan Haydarovni kuchli mutaxassis deb bilaman. Final oldidan o'zimizga bo'lgan ishonch yuqori edi. Qor yog'adimi, toshmi, maydonga chiqish va g'alaba qozonish talab etilardi. Allohga shukr, chempionlik nasib etdi.

Birinchi bo'limdan keyin Vetnam boshqaruvidagi shaxslar o'yinni qoldirish taklifini bildirishgan. Barchamizning javobimiz bir bo'lgan: "Yo'q, biz oxirigacha kurashamiz!" CHempionlikka erishgach, ko'z oldimga ota-onam kelgan. Ular meni tabriklab, duo qilishgan. Musobaqa g'olibiga aylangandan biroz muddat o'tgach, sevgan ayolim bilan oila qurganman. Sovchilarga rozilik berilishiga chempionligim ham sabablardan biri bo'lgan.

Zabihillo O'rinboev 2018 yil milliy terma jamoaga o'sha vaqtdagi vaqtincha bosh murabbiy Timur Kapadze tomonidan chaqirtiriladi hamda Eron va Urugvayga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi.

Har bir futbolchiga milliy terma jamoa libosini kiyish o'zgaqa zavq beradi. Orzuning qaysidir qismi amalga oshgandek tuyuladi, biroq terma jamoa sharafini himoya qilishning masuliyati kuchli. Hamisha milliy terma jamosi libosini kiyib, uning shanini himoya qilishni orzu qilaman. Hech qachon orzularimdan ortga chekinmayman. Taqdirimda qancha futbol o'ynash bitilgan bo'lsa ham, oxirigicha ushbu orzuimda sobit qolaman. InshaAlloh, orzularimga qachondir erishaman.

OKMK, "Paxtakor" va "Metallurg"dagi faoliyatidan so'ng 2019 yil hujumchi legionerga aylanadi va "samuraylar" o'lkasiga yo'l oladi. Ammo u erda etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmaydi.

Yaponiyalik agentlardan taklif tushgan hamda u erga borib, bir yillik shartnomaga imzo chekkanman. U erdagi faoliyatim ko'ngildagidek bo'lmadi deyish noto'g'ri. Birinchi farzandim o'sha erda dunyoga kelgan. SHarq mamlakatidan ko'p narsa o'rganganman. To'g'ri, kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldim. Yaponiyadal legioner muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun hamisha boshqalardan ikki bosh baland bo'lishi lozim. CHunki u erda tezkor futbolchilarda nihoyatda bisyor. Mamlakatning mentaliteti butkul o'zgacha. Men hech qanday bahona keltirmoqchi emasman. Inson tan olishni ham bilishi kerak. Buni o'z aybim deb bilaman. U erga moslashishi vaqt talab qilgan. Yaponiyada taktik yondashuv juda-juda kuchli. Hatto mahalliy klublar chempionatimizning yuqori pog'onalardagi jamoalardan bir bosh ustun. Men J1 emas, J2 ligasi haqida gapiryapman. Yaponiyani haligacha sog'inaman, u erda iliq xotiralar qolgan.

Yaponiyadan keyin ikki mavsumni "Navbahor" safida o'tkazgan hamyurtimiz yana "Metallurg"ga qaytdi. O'tgan mavsum 25 uchrashuvda 3 ta gol urgan hujumchi joriy mavsum birinchi davraning o'zidayoq ushbu natijani takrorladi. SHu jumladan, oxirgi tur "Olimpik"ka qarshi o'yinda jamoasi bir kishi kam bo'lib harakatlanayotganiga qaramay, dublga erishgan holda g'alaba taqdim etdi. Gollardan biri jarimadan urildi.

"Olimpik"ka qarshi o'yinni yomon boshlamadik. To'g'ri, birinchi bo'lim hujumlar soni kam bo'ldi, jamoalar bir-birini o'rganishi uchun vaqt sarflandi. Birinchi bo'limdan so'ng kiyinish xonasida yigitlar bilan qayta suhbatlashdik. "Ortga yo'l yo'q. Maydonda bor kuchimizni namoyish etishimiz lozim". Jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildirmoqchiman, chunki bir kishi kam bo'lib qolganimizdan so'ng barchasi masuliyatni o'z bo'yniga oldi va har biri jonbozlik ko'rsatdi. Futbolda qaysi jamoa ko'proq g'alaba qozonishni xohlasa, o'sha jamoaga omad kulib boqadi. Jarimalar ustida mashg'ulot jarayonida ishlaymiz. Faqatgina men emas, boshqa ko'pgina sheriklarim ham bu borada mohir sanaladi.

"Metallurg" sardori omadli insonmi yoki aksincha?

Omadga ishonaman. Omad Allohdan. Hayotda o'zimni omadliman deb hisoblayman.

Zabihillo O'rinboev o'smirlikdagi Zabihillo O'rinboevga qanday maslahat bergan bo'lardi?

Yosh Zabihilloga juda-juda ko'p maslahat bergan bo'lardim. Har bir futbolchi o'zi qilgan xatoni ich-ichidan yaxshi biladi. Oldiga maqsad qo'ygan odam unga ishonch bildirishi kerak. Eng kuchlisi — ishonch. Ishonch maqsadlarning ro'yobga chiqishi uchun kalit vazifasini bajaradi. SHuningdek, Allohga ishonib, tavakkal qilish kerak. Qolaversa, ibodatni vaqtida amalga oshirishni maslahat bergan bo'lardim. Bu nafaqat futbolda, balki hayotda ham katta rol o'ynaydi. SHu bilan birga, avvalgi Zabihilloga mehnat qilishdan charchama, o'zingga ishon. Oldinga qo'ygan maqsadingda ikkilanma degan bo'lardim. 

Qahramonimizning ukasi Muhammadali O'rinboev ham professional futbolchi hisoblanib, bugungi kunda "Paxtakor" klubi hamda O'zbekiston U-18 terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Ukam hali yosh. Men aka hamda futbolchi sifatida uning kuchiga ishonaman. Hali o'z ustida ishlashi kerak bo'lgan jabhalar bisyor. Unga to'g'ri yo'l ko'rsatishga hamda maqsadlari sari olg'a borishida yordam beramiz. Muhammadalining etuk darajadagi futbolchi bo'lib shakllanishiga ishonaman.

"Metallurg" Superliga doirasidagi navbatdagi uchrashuvini "Turon"ga qarshi o'tkazadi. Bekobodda o'tkaziladigan bahsda mezbon jamoa muxlislar qo'llab-quvvatlovini, ishqibozlar esa klub sardoridan yana gollar kutadi.

Futbolga nisbatan "Nafratdan muhabbatgacha bir qadam" iborasini qo'llasak bo'ladi. Biz muxlislar uchun, ularning golimizdan zavqlanishi uchun o'ynaymiz. Muxlislarning stadionlarni hamisha to'ldirishiga tilakdoshman. Bu futbolchiga juda katta kuch va zavq bag'ishlaydi.

U-20 JCH. O'z kuni kelishini kutgan va futbol uchun darsdan qochgan O'zbekistonning yangi qahramoni haqida hikoya qilamiz

Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика