So’nggi yangiliklar

01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  1 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  2 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  4 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  16 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  53 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  30 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  27 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  109 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  697 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3 20:30ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум!  6

U-23 Osiyo Kubogi finali: Saudiya Arabistoni qanday o'yin namoyish etadi? O'zbekiston terma jamoasining bo'lajak raqibini tahlil qilamiz Yangiliklar

U-23 Osiyo Kubogi finali: Saudiya Arabistoni qanday o'yin namoyish etadi? O'zbekiston terma jamoasining bo'lajak raqibini tahlil qilamiz

Ertaga O'zbekiston terma jamoasi 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo Kubogi finalida maydonga tushadi.

Hal qiluvchi bahsda terma jamoamizga Saudiya Arabistoni raqib bo'ladi. "Championat.Asia"ning rossiyalik jurnalisti Nikolay Egorichev saudiyaliklarning o'yinini tahlil qildi.


Mudofaa

Saudiya Arabistoni to'g'risida takidlash lozim bo'lgan asosiy jihat shundaki, ular ushbu turnir davomida o'z darvozasidan birorta ham to'p o'tkazib yubormagan. Qiziqarli fakt, lekin keling, masalaga biroz chuqurroq yondashamiz.

InStat malumotlariga ko'ra, Saudiya Arabistonida xGA (raqibdan kutilgan ehtimoliy gollar) ko'rsatkichi 3.3ga teng. Yarim finalga yo'l olgan qolgan jamoalarning ko'rsatkichlari esa ancha yuqori: O'zbekiston – 5.2, Yaponiya – 5.3, Avstraliya – 5.6ni tashkil qiladi. Turnir davomida ularning barchasi uchtadan gol o'tkazib yuborishdi.

SHubhasiz, Saudiya Arabistonining himoyasi u qadar mukammal emas. Ha, saudiyaliklar o'z darvozasi yonida ishonchli harakat qilishadi. Ochig'ini aytganda, ularga omad ham kulib boqqan: BAAga qarshi o'yinda darvoza ustuni ularni ikki marta qutqarib qoldi, avstraliyaliklar esa o'zaro to'qnashuvda darvoza to'sinini nishonga oldi, shuningdek, penaltini aniq amalga oshira olishmadi.

SHu bilan birga, saudiyaliklar barcha himoyadagi yakkakurashlarining 58 foizida ustunlik qilgan. Faqatgina Avstraliya (62 foiz) va Janubiy Koreyada (60 foiz) ulardan yuqori ko'rsatkich qayd eta olgan. Taqqoslash uchun, O'zbekiston terma jamoasi bu borada 52 foiz ko'rsatkichga erishgan. Ikkinchi qavatda ustunlik qilish bo'yicha ham Saudiya Arabistoni etakchilik qilmoqda – 59% (Janubiy Koreya birinchi o'rinda – 62%).

SHuningdek, saudiyaliklar raqib yarim maydonida pressing orqali samaradorlikka erishishda ham yuqori natija qayd etganini takidlash joiz - 68%. Bu barcha jamoalar orasida eng yuqori ko'rsatkichdir.


Hujumga o'tish

Ko'pincha saudiyaliklar qisqa va o'rta paslar orqali o'yin tashkil qilishadi. Ular turnir davomida 2600ta uzatma amalga oshirgan (har bir o'yinda o'rtacha - 520tadan). O'zbekiston terma jamoasida esa bu ko'rsatkich sezilarli darajada kam - 2285ta uzatma (har bir o'yinda taxminan 450ta).

Biroq Saudiya Arabistoni uchrashuvga turli yo'llar orqali yondashmoqda. Jamoa hujumlarni goh orqa poziciyadan, goh oldingi chiziqqa to'pni tepib yuborish orqali boshlashi mumkin. Barchasi maydondagi vaziyatga bog'liq: to'pni hujum chizig'i o'yinchilariga tezkorlik bilan etkazib berish imkoni bo'lsa, saudiyaliklar bundan albatta foydalanishadi.

Bu O'zbekiston terma jamoasi uchun katta muammo. Jamoamiz yaponiyaliklarga qarshi bahsda "vertikal futbol"ni taklif qildi. Timur Kapadze boshchiligidagi murabbiylar shtabi jipslashgan Yaponiyani ajratib tashladi, raqibni himoyadan hujumga tezkor o'tish imkoniyatidan mahrum qildi, aslini aytganda, ularning o'yin rejasini barbod qildi. Saudiyaliklarga qarshi bahsda esa bu borada ancha mashaqqatli bo'ladi.


Hujum

Finalda eng hujumkor ikki jamoa to'qnash keladi. O'zbekiston terma jamoasida raqib jarima maydoni yaqinidagi zonaga 237 marta hamda 85 bor raqib jarima maydonchasiga etib borgani qayd etilgan. Saudiya Arabistonida bu ko'rtsatkich mos ravishda 321 va 91tani tashkil etadi. Bu turnirdagi barcha jamoalar orasida eng yaxshi natijalar sanaladi. Saudiyaliklar to'pga egalik qilishda o'rtacha 61%, O'zbekiston esa 56% ko'rsatkichga erishgan.

Saudiyaliklar xilma-xil texnik jihatlarga ega, raqib futbolchilarini aldab o'tishda dadil harakatlar amalga oshiririshida (uchrashuvlarda o'rtacha 24 ta urinish, ulardan 60%i muvaffaqiyatli). Saudiya Arabistoni futbolchilari uzoqdan zarba berishdan ham tap tortmaydi, ularning ko'pchiligida yaxshi zarba yo'llash qobiliyati mavjud. Turnir davomida ularda zarbalar soni 81tani tashkil etadi, O'zbekiston terma jamoasida esa bu ko'rsatkich biroz ko'proq – 87ta.

Ko'pincha saudiyaliklar pozicion hujum tashkil qilishadi, agar imkoni bo'lsa, ular tezkor qarshi hujum yaratishi mumkin. Albatta, barchasi maydondagi vaziyatga bog'liq. Turli uslubga egalik Saudiya Arabistoni jamoasining asosiy quroli hisoblanadi.


Zaif nuqtalar

Kamchiliklar qatorida saudiyaliklar o'zlarini "yuqori blok" bilan himoya qilishlarini, yani raqib hujum paytida ham imkon qadar oldinroqda pressing uyushtirib, raqibga bo'sh joy qoldirmaslikka urinishini takidlash mumkin. Biroq bunday holatlarda qarshi hujum orqali raqibni jazolash mumkin, Saudiya Arabistoni turnir davomida bir necha bor shunday holatga tushib qolgan.

Saudiyaliklar maydonda tez-tez yotib olishlari ham etiborimni tortdi. Har bir to'qnashuvdan so'ng ular uzoq vaqt maydonda yotadi. Ehtimol, ularga bu harakatlar kuchli tasir o'tkazar yoki ular vaqt cho'zishga harakat qilishadi, shuningdek, futbolchilar hakamlardan raqib uchun kartochka so'rashni ham yoqtirishadi.


Qiziqarli faktlar

Turnirdagi beshta o'yindan to'rttasida Saudiya Arabistoni maydondagi futbolchilar soni bo'yicha ko'pchilik bo'lib o'yinni yakunladi. Misol uchun, Avstraliyaga qarshi yarim finalda himoyachi Jey Rich-Baguelu birinchi bo'lim oxirida qizil kartochka oldi. SHu bilan birga, avstraliyaliklar chetlatishdan oldin yaxshiroq o'yin ko'rsatdi hamda saudiyaliklarga qaraganda ko'proq imkoniyatlar yaratdi.

Lekin eng g'alati chetlatish Vetnamga qarshi chorak final bahsida sodir bo'ldi. Darvozabon Van CHuan Kuan jarima maydonchasi tashqarisiga chiqib, to'pga o'ynadi, ammo yaponiyalik hakam Yusuke Araki negadir unga qizil kartochka ko'rsatdi. Ushbu vaqt davomida Saudiya Arabistoni 2:0 hisobida oldinda borayotgandi.

Hakamlarning Saudiyaga bo'lgan munosabatiga OFKning hamkori Saudiyaning "Neom" kompaniyasi ekani qandaydir tarzda tasir qilgan bo'lishi mumkin.

Umuman olganda, Saudiya Arabistoni O'zbekiston terma jamoasi uchun principial raqib sanaladi.

Saudiyaliklar finalga tarkibda jiddiy yo'qotishlar bilan tashrif buyuradi. Yarim final doirasidagi Avstraliyaga qarshi bahsda Xaytam Asiri va Navaf al Akidi jarohat oldi. Asiri turnir davomida ham markazda, ham qanotlarda hujum tashkil etishda faol harakat qilgan futbolchi sanaladi. Aqidi esa Saudiya Arabistoni yoshlar terma jamoasining asosiy darvozaboni hisoblanadi.


Xulosa

Saudiya Arabistoni Yaponiyaga qaraganda jiddiy raqib hisoblanadi. Saudiyaliklar bilan to'qnashuvda ochiq futbol namoyish etish xavfli sanaladi. "Ikkinchi raqam" ostida harakat qilish, yani tashabbus va to'pni Saudiya Arabistoniga berish, raqibni qarshi hujumda jazolash mantiqan to'g'ri qaror sanaladi. Vaqti-vaqti bilan hujumlar tashkil etish lozim, O'zbekiston terma jamoasi faqatgina o'z darvozasi yonida raqibni quchoq ochib kutib olmasligi kerak.

SHuningdek, saudiyaliklarga uzoq masofadan darvozaga zarba berishga yo'l qo'ymaslik kerak, chunki ularning ko'pchiligida kuchli va aniq zarba mujassam. Poziciyalar orasidagi katta bo'shliqlarga yo'l qo'ymaslik uchun imkon qadar ixcham himoyalanish zarur.

Ochig'i, Saudiya Arabistoniga qarshi tayyorgarlik Yaponiyaga tayyorgarlikdan ko'ra ancha qiyin bo'ladi. Lekin futbolning go'zalligi shundaki, unda hamma bo'lishi narsa mumkin.

"Championat.Asia" tahririyati terma jamoamizga U-23 Osiyo Kubogi finalida omad tilaydi.


Nikolay Egorichev

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика