So’nggi yangiliklar

12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  0 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  0 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  3 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  3 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  9 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  4 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  4 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  2 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  19 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0

U-23 Osiyo chempionati. Tailand - Vetnam o'yinidan keyingi "Mixed Zone" Yangiliklar

U-23 Osiyo chempionati. Tailand - Vetnam o'yinidan keyingi "Mixed Zone"

U-23 Osiyo chempionatining 1-turidan olgan Tailand-Vetnam (2:2) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv nihoyasiga etgach, championat.asia sayti muxbiri mikst-zonada futbolchilarning fikrlari bilan qiziqdi. 


O'yindan so'ng Tailand etakchisi Benjamin Davis bahs haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-Bugungi o'yin haqida fikringiz qanday? 

-Bugungi o'yindan mamnunman, chunki bugungi bir ochko keyingi bosqichga chiqishimizga imkoniyat beradi.


-Keyingi raqib Malayziya bo'ladi...

-Ha albatta. O'yingacha yana ikki kun vaqtimiz bor. Bu vaqt ichida biz tiklanib, hatolarimizni ko'rib chiqamiz va Malayziyaga qarshi borimizni berib yaxshi natija qilishga harakat qilamiz.


-Sizningcha o'yindagi qaysi vaziyat eng hal qiluvchisi bo'ldi? 

-O'ylashimcha, 90-daqiqadagi gol o'yin taqdirini hal qildi.


-Bugungi o'yin Malayziyaga qarshi bahsga qanday tasir qiladi?

-Hech qanday tasir ko'rsatmaydi. CHunki, orada 2 kunimiz bor. O'z ustimda ishlab, yanada yahshiroq uyin ko'rsatish niyatidaman.


-Siz o'yinga qo'shilishingiz bilan gol urdingiz. Maydonga tushayotgan paytingiz murabbiy nima dedi?

-Murabbiy shunchaki maydonga tushib, o'yinga tasir qilishga harakat qilishmni aytdi.


-Bugungi o'yiningizdan qoniqdingizmi?

-Ha albatta. Ammo har doim o'sish uchun menda ishtiyoq va hohish bor.


-Maydon holatini qanday baholaysiz?

-Maydon ajoyib holatda va futbol uynash uchun barcha sharoit bor.


Vetnam jamoasi etakchilaridan biri Li Min Bins:

-Bizda bu o'yinda g'alaba qozonish uchun juda ham katta ishtiyoq va hohish bor edi. Biz birinchi bo'lib gol urdik, ammo raqibimiz omadli ekan. So'nggi daqiqalarda gol urib, bizni g'alabadan mahrum qildi.


-Jismoniy holatingizda muammo borligi bilinib qoldi...

-Ha albatta, chunki uzoq vaqt davomida hordiq chiqardim va yaqindagina mashg'ulotlarga qaytdim. SHuning uchun ham mashg'ulotlarda bormni berayapman.


-Jamoangiz tezkor gol urgandan keyin o'yinni nazorat qilishda nima to'sqinlik qildi?

-O'yin boshlanishi bilan biz pressing yordamida raqibni xato qilishga majburladik va qulay vaziyatdan foydalandik. Afsuski, keyinchalik g'alabani ushlab qola olmadik.


-Tailand jamoasi o'yini haqida nima deya olasiz?

-Tailand juda ham kuchli jamoa ekan, ayniqsa yarim himoyachilari texnik taraflama juda ham kuchli ekan.


Uchqun Azimov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика