So’nggi yangiliklar

15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  0 15:19ЎзЭл Классикосига превью  5 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  3 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  2

U-21 Birinchiligi. Kichik vodiy derbisida “Andijon” yirik g'alabaga erishdi Yangiliklar

U-21 Birinchiligi. Kichik vodiy derbisida “Andijon” yirik g'alabaga erishdi

“Bolalar o'smirlar futbol maktabi” o'yingohida “Andijon” hamda “Navbahor” jamoalarining yoshlari o'zaro bahs olib borishdi.

Ushbu uchrashuv qiziqarli va keskin kurashlarga boy bo'ldi. O'yin to'laligicha “Andijon” jamoasining yoshlari nazoratida o'tdi va buni hisobda ham aks ettira olishdi.

Dastlabki gol uchrashuvning 16–daqiqasida urildi. Mehmon himoyachilari o'z jarima maydonchalari ichida Farhod Sohibjonovni qo'pollik bilan to'xtatib qolishdi va hakam hech ikkilanmasdan “Navbahor” jamoasi yoshlari darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrli jarima to'pini Farhod Sohibjonov aniq amalga oshirib, uchrashuvda hisobni ochdi – 1:0.

Goldan ruhlangan maydon egalarining ketma-ket hujumlari natijasida uchrashuvning 41–daqiqasida Doniyor Abdumannopovning faolligidan so'ng hisobni 2:0ga etkazishdi.

Birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalar o'tib borayotgan daqiqalarda Ozodbek Qahhorov raqib himoyachilarining qo'pol xatosidan unumli foydalanib hisobni yirik ko'rinishga olib keldi – 3:0.

Ikkinchi bo'limda esa Doniyor Abdumannopovning uchrashuvning urgan goli o'yinga uzil–kesil nuqta qo'ydi va “Andijon” yoshlari yirik g'alabani tantana qilishdi – 4:0.

"Andijon-U21" – "Navbaxor-U21" – 4:0
14 mart 2020 yil. Andijon. "Bollalar o'smirlar futbol maktabi" stadioni. 250 tomoshabin
Hakamlar:
Raximbek Karimov (Toshkent),Anvar Marajapov, Ziyodillo Abduraxmonov, Alisher To'xtasinov (barchasi Andijon)
Nazoratchi
: Sardor Nadjafaliev (Toshkent)
Komissar: Oybek Yunusov (Toshkent)

Gollar: F. Sohibjonov 1:0 (16-pen), D. Abdumannopov 2:0 (41), O. Qahhorov (45), D. Abdumannopov 4:0 (69).

“Andijon- U21":
16. Eldor Adxamov (M. Ubaydullaev 46), 2. Muxammadali Tursunov (s), 6. Baxtiyor Qosimov (YU. Topvoldiev 46), 19. SHoxrux Raxmiddinov (M. Ibrohimov 52), 20. Asilbek Azizov (O. Sobirov 80), 21. Islombek Mamatkazin, 26. Muxammadkarim Toirov, 28. Farxodbek Soxibjonov, 33. Doniyor Abdumannopov (R. Qo'chqorov 72),
90. Ozodbek Qaxxorov, 91. Saidjon Muxammadaminov

“Navbahor – U21”:13. Islomjon Abdullahonov, 3. Mirzoxid Mirzamahmudov, 4. SHaxzodbek Xamidov (M. Lokaev 46),21. Komiljon Tojidinov, 26. Ulug'bek Aknazarov (D. Abdulhaev 70), 29. Jamoliddin Bahromov,31. Ayubxon Jo'raev, 32. Qodirjon Ikramov (A. Orifjonov 56), 34. Murodjon Adashboev, 77. Xusayn Ergashboev (B. Sobirov 46),
94. Anvarjon Xojimirzaev (A. Hotamov 72).

Ogohlantirishlar:
F. Sohibjonov 22, I. Mamatkazin 23, B. Qosimov 35, M. Toirov 59, M. Tursunov 90+2 – J. Bahromov 15, M. Adashboev 77.


Nodirbek Abdullaev tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика