So’nggi yangiliklar

23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  0 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  0 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  31 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  4 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  2 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  167 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1 19:18Миржалол Қосимов жамоасининг ушбу мавсумдаги ўйинларига неча баҳо қўйди?  4 19:05Февзи Давлетов: "Бу каби баҳсларда кўп ҳам вазиятлар яратилмайди"  0 18:52Kelme бренди Аёллар Осиё Кубоги-2026 мусобақаси учун расмий тўпни тақдим этди  0

U-17 Jahon chempionatida Osiyodan 9 ta jamoa! Bu qanday bo'ladi? Yangiliklar

U-17 Jahon chempionatida Osiyodan 9 ta jamoa! Bu qanday bo'ladi?

SHu yilning 14 mart kuni FIFA rasmiy malumot berdi.

Ushbu malumotga ko'ra, U-17 Jahon chempionati bundan buyon har ikki yilda bir marta emas, balki har yil o'tkazib kelinadi va 2025-2029 yillar oralig'ida musobaqaga faqat Qatar mezbonlik qiladi.

Xabaringiz bor, shu yilning oktyabr oyida O'zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo chempionati saralash o'yinlarida ishtirok etib, o'z oldiga qo'yilgan vazifani uddaladi va Osiyo chempionati ishtirokchisiga aylandi.

U-17 Osiyo chempionati 2025 yilning 3-20 aprel kunlari Saudiya Arabistonida o'tkaziladi. Bu musobaqaga o'smirlarimizni Islom Ismoilov tayyorlaydi. Musobaqaga hali qura tashlangani yo'q, bizga malum bo'lishicha, dekabr oyida qura tashlanadi. SHunisi aniqki, qura jarayonida O'zbekiston 1-savatchadan joy oladi.

1-savatcha: Saudiya Arabistoni (mezbon), Yaponiya, Janubiy Koreya, O'zbekiston.
2-savatcha: Eron, Yaman, Avstraliya, Tailand.
3-savatcha: Afg'oniston, Tojikiston, Xitoy, Vetnam.
4-savatcha: Indoneziya, Ummon, BAA, KXDR.

Yana FIFAning xabariga qaytamiz. 2025 yildan boshlab U-17 Jahon chempionatida umumiy hisobda 48 ta jamoa qatnashadi. Qatar mezbonligini hisobga olsak, U-17 Osiyo chempionati kichik mundialga boradigan yana 8 jamoani aniqlab beradi.

Bilamizki, avvalgi U-17 Jahon chempionatlarida Osiyodan to'rtta jamoa qatnashib kelardi, endi bo'lsa ishtirokchilar soni oshdi. Qatar - mezbon, shu bilan birga bu jamoa U-17 Osiyo chempionatida qatnashmaydi. Faqat bitta savolga javob topish qolyapti: FIFA qaysi tartibga ko'ra Osiyodan 8 ta jamoani aniqlab oladi?

U-17 Osiyo chempionati reglamentida bu haqda hech narsa deyilmagan. Ehtimol dekabr oyidagi qura marosimida OFK malumot berar. Agar jamoalar 4 tadan to'rt guruhga bo'linishini va har bir guruhdan ikkitadan jamoa keyingi bosqichga chiqishini hisobga olsak, balki keyingi bosqichga chiqadigan 8 jamoa Jahon chempionati yo'llanmasiga ega bo'lar.

X.Xoliqov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика