So’nggi yangiliklar

13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  0 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  3 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  1 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  0 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  1 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  4 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  3 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  11 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  5 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  4 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0

Turkmaniston U-23 bosh murabbiyi Ahmad Agamurodov: "Albatta, biz syurpriz namoyish qilishni xohlaymiz" Yangiliklar

Turkmaniston U-23 bosh murabbiyi Ahmad Agamurodov: "Albatta, biz syurpriz namoyish qilishni xohlaymiz"

U-23 Osiyo Kubogi "A" guruhi 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Turkmaniston uchrashuvi oldidan turkmanistonliklar ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda bosh murabbiy Ahmad Agamurodov va yarim himoyachi Velmirat Ballakov qatnashdi.


- O'yin haqida

- Tashkilotchilik uchun rahmat. Avvalo, O'zbekiston hukumatiga musobaqa mezbonligi uchun tashakkur. Biz musobaqada ilk marta qatnashayotganimizdan va Turkmaniston sharafini himoya qilayotganimizdan xursandman. O'z futbolchilarim bilan faxrlanaman. Turnirga jiddiy hozirlik olib bordik. Raqiblar kuchli, lekin qo'ldan kelgancha raqobat ko'rsatamiz. Ertangi raqibimiz O'zbekiston kuchli terma jamoa. Ular bilan Markaziy Osiyo musobaqalarida ro'baro' kelganmiz. Raqib safida tajribali futtbolchilar ko'p", – dedi Agamurodov.


- "Bunday tashkilotchilik uchun O'zbekistonga rahmat. Bu musobaqadagi ishtirok bizning futbolchilarimiz uchun katta tajriba maktabi bo'ladi", – dedi Ballakov.  


- Ushbu musobaqada birinchi marta ishtirok etyapsiz. Jamoadan qandaydir syurpriz kutish mumkinmi?

- OFK o'z videoroligida bizni syurpriz ko'rsatishi mumkin bo'lgan terma jamoa sifatida ko'rsatishdi. Albatta, biz syurpriz namoyish qilishni xohlaymiz. Guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o'tsak, bu Turkmaniston uchun katta yutuq bo'ladi.


- Musobaqagacha Turkmaniston autsayder sifatida qaralmoqda. Bu sizga qanday tasir qiladi?

- Bosh murabbiy sifatida bu menga ustunlik taqdim etadi. Balki qaysidir raqib bizni jiddiy qabul qilmasligi mumkin. Bu ruhiy holatimizga tasir qilmaydi. Bizning asosiy maqsadimiz – guruhdan chiqish. SHu yo'lda astoydil kurash olib boramiz. 


- Velmirat Ballakovga savol. Mazkur yosh toifasida ilk bor o'ynashingiz bosim yuklamaydimi?

- Biz bunday musobaqada birinchi marta ishtirok etyapmiz. Umid qilamanki, biz katta tajriba to'plab olamiz.

"Velmiratga qo'shimcha tarzda aytishim mumkinki, u nafaqat U-23 azosi, balki milliy terma jamoa azosi sanaladi. Bu unga qo'shimcha tajriba bo'lsa-da, lekin unda tajriba etarli", – deya qo'shimcha qildi Agamurodov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика