Turin sudi "Yuventus" rahbariyatining 75 mln. evrolik aktivlarini musodara qildi
21 sen 2024 12:32
Yangiliklar
Turin sudi "Yuventus" rahbariyatining 75 mln. evrolik aktivlarini musodara qildi
Turin sudi "Yuventus" egasi Jon Elkanning deyarli 75 mln. evrolik mulkini tortib olishga qaror chiqardi.
Gap moliyaviy aktivlar, ko'char va ko'chmas mulk haqida bormoqda. Elkanning ukasi Lapo, singlisi Jinevra va klub prezidenti Janluka Ferrero ham "soliq firibgarligi" va "firibgarlik orqali davlatga zarar keltirish" ayblovlari bilan tergov qilinmoqda.
Malum qilinishicha, Elkanlar 2019 yilda buvisi Marella Karachchiolo vafotidan so'ng mulklarni meros qilib olishgan. Ushbu ayol Fiat va "Yuventus" sobiq egasi Janni Anellining ayoli bo'lgan.
Elkanlar advokatlarining so'zlariga ko'ra, mulkni musodara qilish - himoyadagilarni aybdorligini anglatmaydigan standart jarayon.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar