So’nggi yangiliklar

17:34Райс, Доку ва Фернандеш ва бошқалар: АПЛда ой футболчиси аниқланмоқда  0 17:18Расман: "Навбаҳор" "Андижон" аъзосини трансфер қилди  3 17:00Transfermarkt: Энди Ўзбекистон Суперлигасида 1 миллион ва ундан қиммат 8 футболчи бор  2 16:3120 йилдан сўнг Ўзбекистонга қайтаётган Юрген Гёде охирги марта қайси жамоада ишлади?  9 16:04Расман: "Андижон" грузиялик футболчи трансферини эълон қилди  9 15:38Ибрагимович ўзига юклатилган муҳим роль ҳақида маълумот берди  0 15:09Клублар африкалик футболчиларни 15 декабргача қўйиб юбориши шарт — ФИФА  2 14:47"Роналдиньони сотиб юборинг, бугун эрталаб машғулотга ўз вақтида келди". Аллегри "Милан" вице-президентига нима деган эди?!  3 13:58"Париж" Беллингемга кўз тикди  4 13:30Германиялик тажрибали мутахассис "Нефтчи"да Исмоиловга кўмаклашади  19 13:10Европанинг энг кўп жисмоний куч талаб қиладиган лигалари  5 12:43Спорт олами юлдузлари Рио Фердинанд, Шакил О'Нил ва Уэйн Грецки ЖЧ-2026 қуръа ташлаш маросимида хизмат қилади  5 12:22"Машъал" "Бухоро"ни Қаршида қабул қилади  6 12:09"Қўқон-1912" асосий футболчилари билан битимни узайтирди  0 11:46Ўзбекистон футзал терма жамоасининг Россияга қарши учрашувлар учун қайдномаси маълум  2

Transfermarkt: Endi O'zbekiston Superligasida 1 million va undan qimmat 8 futbolchi bor Yangiliklar

Transfermarkt: Endi O'zbekiston Superligasida 1 million va undan qimmat 8 futbolchi bor

Teglar :  Transfermarkt
Transfermarkt portali O'zbekiston Superligasi va Pro ligasida o'ynayotgan futbolchilarning narxlarini yangiladi.

Superliganing eng ko'p narxi ko'tarilgan futbolchi "Paxtakor" himoyachisi Hojiakbar Alijonov bo'ldi. Himoyachi "Paxtakor"da ajoyib mavsum o'tkazdi: Superligada 26 ta o'yinda 2 ta gol urdi va 12 ta golli uzatma berdi. Uning narxi 400 ming evroga oshdi va endi 1,2 million evroga teng.

"Nasaf" va Superliga kashfiyoti Sardorbek Bahromov uchun bu mavsum zo'r o'tdi. Yil boshida u zaxira futbolchisi edi yilni esa milliy terma jamoa azosi sifatida tugatdi. Uning narxiga 350 ming qo'shildi va endi umumiy narxi 400 mingga etdi.

Igor Sergeev ("Paxtakor"), Husayn Norchaev ("Nasaf"), Muhammadrasul Abdumajidov ("Paxtakor"), Jaloliddin Jumaboev ("Dinamo"), Behruz Karimov ("Surxon") kabi futbolchilarning narxlari 200 ming evrodan ko'paydi.

"Dinamo"da porlab chiqqan Behruzbek Oblaqulovning narxiga 175 ming qo'shildi. "Navbahor" vingeri Ruslanbek Jiyanov va "Paxtakor" himoyachisi Muhammadqodir Hamralievning narxlari 150 ming evrodan oshdi.


Narxi eng ko'p kamaygan top-10 futbolchilar:
1) Hojimat Erkinov ("Paxtakor") - 200 ming evro;
2) Diyor Xolmatov ("Paxtakor") - 150 ming evro.
3) Silvanus Nimeli ("Neftchi") - 150 ming evro;
4) Bobir Abdixoliqov ("Paxtakor") - 100 ming evro;
5) Jamshid Boltaboev ("Navbahor") - 100 ming evro;
6) Saidazamat Mirsaidov ("Navbahor") – 100 ming evro;
7) Umar Eshmurodov ("Nasaf") - 100 ming evro;
8) G'olib G'aybullaev ("Nasaf") - 100 ming evro;
9) Zoir Jo'raboev ("So'g'diyona") - 100 ming evro;
10) Flamarion ("Paxtakor") - 100 ming evro.


"Nasaf" darvozaboni Abduvohid Nematov Superliganing eng qimmat futbolchisi nomini o'zida saqlab qoldi. "Nasaf" va O'zbekiston milliy terma jamoasi azosining narxi hamon 1,5 million evroga teng. Ikkinchi o'rinda "Paxtakor" bilan kubok yutgan Hojimat Erkinov qayd etilgan - 1,3 million evro. Bir yo'la 4 nafar futbolchining narxi 1,2 millionga teng. Sherzod Nasrullaev va Lyupcho Dorievning narxi oldindan shunday edi, Alijonov va Sergeev esa bugungi yangilanishdan keyin ularga etib olishdi.

OKMKning eng stabil futbolchisi Xurshid G'iyosovning narxi hamon 1 million evro. "Neftchi"ning chempionligiga katta hissa qo'shgan 32 yoshli Jamshid Iskanderov faoliyatida ilk bor 1 million evroga chiqdi.

Quvonarlisi endi O'zbekiston Superligasida narxi 1 million va undan ko'p bo'lgan 8 nafar futbolchi bor.

Reyting: -1   

Fikrlar

+1   
04 dek 17:14:09
Korea
Менимча нархлар футболчиларга мос Норчаев бир оз тепароқда миллиондан ошганда янада яхшироқ кўринар эди.Лекир умуман чемпионатимизда ўсиш бор, футболчилар ҳам бежизга нархлари кўтарилмайди.
   
04 dek 17:29:31
FANAT FC NASAF_REAL.M
Köpchiligi Nasaf va Paxtakordan haqiqiy grand jamoalar
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика