Rasman: Timur Kapadze - "Navbahor" bosh murabbiyi!
01 dek 15:28
Yangiliklar
Rasman: Timur Kapadze - "Navbahor" bosh murabbiyi!
"Tajribali mutaxassis klub rahbariyati bilan barcha masalalarni muhokama qilgan holda, jamoadagi kelgusi rejalar va maqsadlar yuzasidan to'liq kelishuvga erishdi. Tomonlar o'zaro shartnoma imzoladi.
Timur Kapadze – O'zbekiston futbolining eng taniqli vakillaridan biri bo'lib, murabbiylik faoliyati davomida yoshlardan tortib milliy terma jamoagacha bo'lgan turli darajadagi jamoalarni muvaffaqiyatli boshqargan. Uning qo'l ostida jamoalar xalqaro maydonda yirik natijalarga erishgan.
"Navbahor" FK rahbariyati Timur Kapadzening tajribasi, professional qarashlari va zamonaviy futbolga oid yondashuvi klub oldiga qo'yilgan maqsadlarni amalga oshirishda muhim o'rin tutishiga ishonch bildiradi.
Yangi bosh murabbiy bugundan boshlab jamoa bilan ishlashni boshlaydi", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Avvalroq Kapadze tez orada "Navbahor" ustozi sifatida tanishtirilishi haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Роналду ММА-промоушен акциядорига айланди
Манба: Самвел Бабаян - "Андижон" бош мураббийи!
Суперлига. Голи инобатга олинмаган ва бир киши кам қолган "Пахтакор" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотганига қарамай, мавсумни иккинчи ўринда якунлади
Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаев гол урди!
Fikrlar
JCHdan keyin ketadi, Abramov, Qosimov, Kapadze qilib vaqtincha murabbiylikka aylantirib turishadi.