So’nggi yangiliklar

03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  0 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  37 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  4 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  62 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28

Championat.asia va Transfermarkt Superliganing sentyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqladi Yangiliklar

Championat.asia va Transfermarkt Superliganing sentyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqladi

So'rovnomada Championat.asia xodimlari hamda Transfermarkt'ning rus bo'limi rahbari Georgiy Lekarev va mehmon ekspert – "Sport" telekanali sharhlovchisi Otabek Jo'raev ishtirok etdi.

Hisob-kitobda sentyabr oyida (21, 22, 23) bo'lib o'tgan uchta va oktyabr oyi boshida (24) o'tkazilgan bitta o'yin inobatga olindi.

Ovoz berish yakunlariga ko'ra, Kamoliddin Tojiev Superliganing sentyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Uning qo'l ostida "Paxtakor" uchta o'yinda g'alaba qozonib, bittasida durang qayd etgan. Tojiev 41% ovoz olgan bo'lsa, "Qo'qon-1912" ustozi Baxrom Haydarov 36% ovoz bilan ikkinchi o'rinni egalladi.

"Paxtakor" darvozaboni Vladimir Nazarov Superliganing sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U to'rtta uchrashuvdan uchtasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va faqat bitta gol o'tkazib yubordi. Nazarov 32% ovoz to'plagan bo'lsa, "sherlar"ning yana bir vakili Igor Sergeev (27%) ikkinchi pog'onadan joy oldi.



Reyting:    

Fikrlar

+1   
08 okt 15:34:27
Farhod Nematov
Darvozabon quruq o'yin o'tkazsa demak faqat u yaxshi o'ynagan bo'lmaydi. Yoki jamoa kuchsiz autsayder raqiblar bilan o'ynagan, yoki jamoadagi ximoyachilar ancha yaxshi. Darvozabonlarda ko'proq " seyv" larini hisobga olish mantiqan to'g'ri bo'lardi nazarimda
+1   
08 okt 12:12:03
Futbol Uchun
МТЖ учун Назаров Ўткир Юсуповдан кейинги муносиб номзод деб ҳисоблайман.Уни ҳалқаро маъсулиятли ўйинларда синаб кўриш керак.Нематов керакли ўйинларда ўзини йўқотиб қўпол ҳатоларга йўл қўймоқда.ЖЧ га ҳам оз қолди,Юсупов ЖЧ қатнашишига ҳеч ким кафолат бермайди.Ҳозирда унинг ўрнини босадиган муносиб номзод топиш қийин масалага ўхшаяпти.
   
09 okt 05:21:34
Гуломжон
Farhod Nematov foydalanuvchining fikriga javob berish
Darvozabon quruq o'yin o'tkazsa demak faqat u yaxshi o'ynagan bo'lmaydi. Yoki jamoa kuchsiz autsayder raqiblar bilan o'ynagan, yoki jamoadagi ximoyachilar ancha yaxshi. Darvozabonlarda ko'proq " seyv" larini hisobga olish mantiqan to'g'ri bo'lardi nazarimda
Тўппа-тўгри!!
   
08 okt 19:56:18
Nurbek Primov
Quruq uyin utkazibti darvozaga xali zarba berilganmi uzi????
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика