Championat.asia va Transfermarkt O'zbekiston Superligasida noyabr oyi yakunlarini sarhisob qildi
02 dek 19:00
Yangiliklar
Championat.asia va Transfermarkt O'zbekiston Superligasida noyabr oyi yakunlarini sarhisob qildi
Ovoz berishda Championat.asia sayti xodimlari, Transfermarkt'ning rus tilidagi tahririyati rahbari Georgiy Lekarev hamda taklif etilgan ekspert – O'zbekiston va Qozog'istonning bir qator klublarida o'ynagan sobiq futbolchi, hozirda O'zbekiston futbolchilar uyushmasi raisi vazifasida faoliyat olib borayotgan Kamoliddin Murzoev ishtirok etdi.
So'rovnoma yakunlariga ko'ra, "Surxon" bosh murabbiyi Fevzi Davletov noyabr oyida Superliganing eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Uning qo'l ostidagi jamoa uch o'yinda ikki marta g'alaba qozondi va bir bor durang o'ynadi. Ushbu natijalar tufayli "Surxon" pley-off o'yinlaridan qutulib qoldi va kelgusi mavsumda Superligadagi o'rnini saqlab qoldi. Ishtirokchilarning 39 foizi Davletovga ovoz berdi.
Noyabr oyida Superliganing eng yaxshi o'yinchisi Igor Sergeev bo'ldi. "Paxtakor" hujumchisi uch o'yinda ikki gol urdi, ikkala gol ham turnir nuqtai nazaridan juda muhim ahamiyatga ega edi: "Nasaf" (1:0) va "Navbahor" (1:1) bilan o'yinlarda kumush va bronza medallari taqdiri hal qilindi. Sergeevning gollari tufayli "Paxtakor" O'zbekiston chempionati yakuniy turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egalladi. Sergeev jami ovozning 45 foizini to'plashga erishdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Суперлига. Голи инобатга олинмаган ва бир киши кам қолган "Пахтакор" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотганига қарамай, мавсумни иккинчи ўринда якунлади
Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаев гол урди!
Fikrlar