Klublar afrikalik futbolchilarni 15 dekabrgacha qo'yib yuborishi shart - FIFA
04 dek 15:09
Yangiliklar
Klublar afrikalik futbolchilarni 15 dekabrgacha qo'yib yuborishi shart - FIFA
Xalqaro futbol federaciyasi (FIFA) barcha klublar Afrika Millatlari Kubogi uchun milliy terma jamoalariga chaqirilgan futbolchilarini 15 dekabrdan kechiktirmay qo'yib yuborishlari kerakligini rasman tasdiqladi.
Turnir 21 dekabr kuni Marokashda boshlanadi. Mezbon mamlakat ochilish o'yinida Komor orollarini qabul qiladi.
FIFA klublar va milliy terma jamoalar o'rtasidagi nizolarning oldini olish uchun qatiy muddat belgiladi. Musobaqaga chaqirilgan futbolchilar turnir boshlanishidan 6 kun oldin o'z milliy terma jamoasiga qo'shilishi kerak.
Bazi klublar o'z futbolchilarini rejalashtirilganidan oldinroq qo'yib yuborishga majbur bo'ladi. Agar biron bir nizo yuzaga kelsa, FIFA vositachilik qiladi. Turnir 2026 yil 18 yanvargacha davom etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи
Эшитдик-да! "Навбаҳор" тез орада янги мураббийни таништиради
Fikrlar